Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə37/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Ma’naviyat xazinasidan
Qila olaman deb o‘ylasangiz ham, qila olmayman deb o‘ylasangiz ham – to‘g‘ri o‘ylagan bo‘lasiz. Genri Ford
Bilasizmi?
ENG BUYUK YO‘LBOSHCHI
Amerikalik olim Maykl Xartning «Tarixdagi 100 buyuk odam» nomli asari G‘arb dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Xartning bu asarida keltirilgan 100 nafar buyuk insonlar orasidan insoniyat tarixini yaxshi tomonga o‘zgartirgan eng muhim shaxs kompyuter tizimi orqali aniqlandi. Kompyuter dunyo liderlari ichidan eng buyuk yo‘lboshchi deb Muhammad (s.a.v.)ni tanlab berdi.
«Dunyo tarixini o‘zgartirgan eng yetakchi shaxslar ro‘yxatining boshiga Muhammad (s.a.v.)ning yozilgani bejiz emas. U dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu ulug‘ maqomga munosibdir».
Maykl XART, amerikalik olim
Jamoaviy mashg‘ulot
QAT’IY FE’L-ATVOR – «MEN BUNI QILA OLAMAN»
Inson ezgu niyatlariga yetishish uchun yashaydi. Maqsad va orzularga erishish uchun muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng oyoqqa turib, yana olg‘a boorish kerak bo‘ladi. Doimiy o‘qib-o‘rganish, ko‘nikma va qobiliyatni rivojlantirish yetakchilarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Qat’iylik – mashaqqat va sinovlarga qaramasdan muvaffaqiyatga erishish uchun bardosh bilan oldinga borishdir. Qat’iy irodaning asosi uchta: sabrli bo‘lish, ilm olish va mehnat qilish.
Kattalar «Men buni qila olaman» deb astoydil harakat qilsang, mehnatdan qochmasang, albatta, niyatinga yetasan», deyishadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Dinlar jamiyat farovonligiga qanday xizmat qiladi?
2. Diniy qadriyatlar bilan bog‘liq qanday axloqiy me’yorlarni bilasiz?
3. Lider yoki yetakchi deganda qanday insonlarni tushunasiz?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin