Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə34/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Mulohaza uchun
TANQIDIY FIKRLASH – INNOVATSIYANING TAGZAMINI
Aristotel yoki Arximed, Beruniy yoki Xorazmiy, Stiv Jobs ... Insoniyat tarixini o‘zgartirgan va o‘zgartirayotgan insonlardagi umumiy o‘xshashliklardan biri – tanqidiy fikrlash qobiliyatidir. Tanqidiy fikrlash – muvaffaqiyat qozonishga, baxtli yashashga, mo‘may daromad topishga, hurmat qozonishga xizmat qiladi. Xo‘sh, tanqidiy fikrlash qanday sodir bo‘ladi?
Tasavvur qiling, siz ko‘p ma’lumotlarni bilasiz va kuchli xotiraga egasiz. Lekin bu qobiliyatlaringiz sizga qarshingizdagi muammoni hal qilishga yordam bera olmaydi. Chunki sizda hozircha tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi yetishmayapti. Muammoni hal qilish uchun yangi g‘oya kerak. Muammoning ijobiy yechim topishi nafaqat yangi g‘oyalarga, balki ularning qanchalar foydali ekaniga ham bog‘liq. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi orqali g‘oyafikrlarni baholaymiz, eng yaxshilarini saralaymiz va ulardan hayotimizni o‘zgartirish uchun foydalanamiz.
Tanqidiy fikrlaydigan odam g‘oya va fikrlarni bog‘lab turgan aloqalarni yaxshi tushunadi. Natijada, u dunyoni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq va tezroq anglaydi.
Tasavvur qiling, siz qora rangli buyum oldidasiz. Ammo uning ichi yoki boshqa tomoni oq bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylaganmisiz? Ehtimol tashqaridan qo‘pol ko‘ringan odam ich-ichidan mehribon bo‘lib chiqishini taxmin qilgan bo‘lishingiz mumkin.
Tanqidiy fikrlash – muammoni hal qilish uchun ma’lumotlardan aniq va oqilona foydalana olish, savol berish oqrali qo‘shimcha ma’lumotlar toppish ko‘nikmasidir.
Tanqidiy fikrlab, muammo va masalani qanday hal qilamiz?
Keling, biror muammo va masalani hal qilishda bizga nimalar yordam berishini o‘ylab ko‘raylik. Avval muammoni tahlil qilamiz. Tahlil, bu – murakkab masalani yaxshiroq tushunish uchun uni kichik qismlarga bo‘lib chiqish degani. Bu orqali:

  • Vaziyatni baholaymiz

  • Ma’lumotlar izlaymiz

  • Dalillarni taqqoslaymiz


  • Yüklə 409,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin