Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiyJami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Innovatsiya jamiyatning rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? 2. «Innovatsiya ehtiyojdan boshlanadi» degan fikrni izohlang. 3. Sizning hayotingizda innovatsiyalar qanday o‘rin tutadi? INNOVATSIYA NIMA? «Ehtiyoj – kashfiyotning onasi», – degan edi qadimgi yunon faylasufi Aflotun. Ilg‘or g‘oya va tashabbuslar, ixtirolar – innovatsiyalar bois bugun biz hozirgi manzildamiz. Innovatsiya – ijodiy yondashuv darajasini namoyon etuvchi ko‘nikma bilan bog‘liq hodisa; yangilik degani. Misol uchun g‘ildirakning kashf qilinishi o‘z davrida ulkan innovatsiya bo‘lgan. Bugun g‘ildirakni ishlab chiqarish yangilik emas, ammo «aqlli g‘ildirak» yaratilsa, bu – innovatsiya bo‘la oladi. Amaliy faoliyat Quyidagi matnlarda insoniyat tarixidagi qaysi innovatsiyalar haqida gap ketayotganini toping. Undan ilk marotaba 400 ming yil avval foydalanilgan. U himoyalanishda, masofadan turib muloqot qilishda odamlarga qo‘l kelgan. 100 000 yil avval yaratilgan bu innovatsiya bir avlod to‘plagan tajribani keyingi avlodga yetkazishni osonlashtirgan. 19 000 yoshdagi bu ilg‘or fikr paydo bo‘lishi bilan odamlar tuyalarni xonakilashtirib, savdogarlikda foydalanishgan. 17 000 yil avval yuzaga kelgan bu voqeadan so‘ng odamlar ko‘chmanchilikdan voz kechib, bir joyda yashab, qishloq va shaharlar qurganlar. 6000 yoshdagi bu ilg‘or ixtiro savdo-sotiq rivojini harakatga keltirgan navbatdagi ulkan kuch bo‘ldi. 5400 yil avval u loydan yasalib, olovda pishirilgan, natijada o‘nlab yangi transport vositalari yaratilgan. 5000 yoshdagi bu innovatsiya savdo tizimini osonlashtirgan, mahsulot almashuv jarayoniga asta-sekin chek qo‘ygan. Yüklə 409,14 Kb. Dostları ilə paylaş: |