Muvaffaqiyat qozonish uchun ko‘nikmalar. Amaliy faoliyat MUAMMOGA KENG QAMROVLI YECHIM TOPISH Shifokorga kelgan bemor o‘zidagi ortiqcha vazndan shikoyat qiladi... 1-shifokor: «Mana sizga parhez. Unga amal qiling», – deydi bemorga.
2-shifikor: Bemorning kundalik turmush tarzi bilan tanishib, muammoni yaqindan o‘rganib, ortiqcha vaznning kelib chiqish sabablarini aniqladi. Muammoni bartaraf etish bo‘yicha kompleks tavsiya berdi.
Siz qaysi shifokorning qarorini ma’qullaysiz? Nima uchun? HISSIY BILISH – ANIQ HARAKATLANISH KOMPASI O‘z hislarini boshqarish va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish hayotda muvaffaqiyat qozonishda muhim ahamiyatga ega.
Hissiy bilish – insonning hislarni fahmlash, farqlay olish, boshqalarning xohish va istaklarini tushunish. Bu ko‘nikma insonga maqsadi yo‘lida o‘z hislarini va boshqalarning hislarini boshqarishga yordam beradi.
Biz ba’zida tashvishlardan vahimaga tushamiz yoki boshqalarning xatti-harakatlaridan g‘azablanamiz. Ammo bu qanchalik asosli? Agar g‘azab yoki vahima qilish qimmatga tushishini bilsangiz, hislarni boshqara olsangiz – sizda hissiy bilish ko‘nikmasi bor.
Siz jahlingiz chiqqanida hislaringizni nazorat qila olasizmi? Ma’naviyat xazinasidan G‘azabdan saqlaning, chunki g‘azab odamzod ichida yonib turgan bir cho‘g‘dir. Sizlardan biringiz g‘azablanganingizda ko‘zlari qizarib, tomirlari bo‘rtib chiqqanini ko‘rmadingizmi? Agar qay biringiz o‘zida g‘azab alomatlarini sezsa, yotib olsin yoki o‘tirib olsin.
Hadis IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifaUyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.