Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


EYNSHTEYNDEK FIKRLASHNI O‘RGANAMIZ



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə26/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

EYNSHTEYNDEK FIKRLASHNI O‘RGANAMIZ
«Aqlning chinakam belgisi bilim emas, tasavvurdir» degan edi taniqli olim Albert Eynshteyn. Olim ko‘pchilik uchun ijodkor daholarning yorqin timsoli bo‘lgan. U nisbiylik nazariyasi orqali fizika fanini manguga o‘zgartirib yubordi. Eynshteynda boshqacha – o‘ziga xos ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmasi bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi.
EHTIMOLIY O‘YLASH
Eynshteynning idrok qilishdagi bosh yondashuvi tasavvurni ishga solish va voqelikdan qochish bo‘lgan. U hamma narsani tasavvur qiladi. Tasavvur qilib o‘rganadi va muammoga ham tasavvur orqali yechim topadi. Shu orqali u bilimlari chegarasini kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. O‘zimiz
bilgan va ishongan g‘oyalardan qochish qanchalik g‘alati bo‘lmasin, boshqa ehtimoliy yechimlarni topishga ko‘maklashadi.
Buning uchun olimning o‘ziga xos texnikasi bo‘lgan. U buni «tafakkur tajribasi» deb atagan. Bu tajriba uning miyasida sodir bo‘lgan. Olimning aytishicha, nisbiylik nazariyasi aynan shu tajriba mahsuli. Tadqiqotchi yorug‘likka va uning tezligiga, vaqt bilan bog‘liqligiga qiziqar edi. U bu to‘g‘rida o‘ylayotganida o‘zini quyosh nuri ustida ketayotgan chavandozdek his qilgan.
Bu ko‘pchilik uchun g‘ayrioddiy va telbanamo bo‘lishi mumkin, ammo kashfiyotchi tasavvuriga shu yo‘sinda erkinlik berib, yorug‘lik hamda vaqt o‘rtasidagi aloqadorlikni topgan. Vaqtni his qilishimiz qayerdamiz va nima qilayotganimizga daxldor. Eynshteyn buni shunday ta’riflaydi: «Yaqin do‘stimiz bilan bir soatlik suhbat bir daqiqa tuyulsa, cho‘g‘ni tutganimizda bir daqiqa bir soatdek tuyuladi».
Mulohaza uchun
Kelajakni ko‘rgan Navoiy
Buyuk shoir Alisher Navoiy astronom, me’mor, rassom sifatida ham nom qozongan. Uning yozganlari shunchaki badiiy namunalar emas, kelajak hayotga ishora ilg‘or fikrlar bo‘lgan. Yaqin tarixda qilingan muhim ilmiy kashfiyotlar uning asarlarida faraz sifatida kelgan.
«Farhod va Shirin» dostonida shunday satrlar bor:
G‘aroyib ko‘p huvaydo bo‘lg‘usidir,
Bas, anda shakl paydo bo‘lg‘usidir...
Ko‘runib har zamone – ko‘zga bir shakl,
Ko‘z olg‘och bo‘lg‘usidir ... o‘zga bir shakl!..

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin