Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. «Bilimli inson xor bo‘lmaydi» degan naql bor. Buning sababi nimada?
2. Qanday omillar jamiyatda bilimning bahosini oshirmoqda?
3. Qaysi sohalarda bilimning ahamiyati tezkor ko‘tarilib bormoqda?
4. Jamiyatda bilimli insonlar ko‘payishi va qadr topishi uchun qanday omillar zarur?
Mulohaza uchun BILIMGA ASOSLANGAN JAMIYATDA BILIMLI FUQARO QADR TOPADI Jahondagi eng boy kompaniyalarga nazar tashlang. Yetakchi o‘nlikda turgan kompaniyalar, asosan, inson aqli evaziga rivojlanmoqda va boyimoqda. Ular bilan birga davlatlar ham taraqqiy etmoqda. O‘tgan asrlarda esa eng boy kompaniyalar neft, gaz, ishlab chiqarish kabi yirik sanoatlardan foyda ko‘rgan.
Bugun esa hammasi o‘zgarib, xomashyo sarf qilmasdan turib ham boyish va rivojlanish imkoniyatlari mavjud. «Bilimga asoslangan jamiyat» deganda zamonaviy dunyoning o‘zgaruvchan iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida raqobatlasha olish va muvaffaqiyatga erishish tushuniladi. Bu tushuncha yetarli bilimga ega bo‘lgan fuqarolarining salohiyatiga tayanadigan jamiyatni ifodalaydi.
Bunday jamiyatda bilimli fuqaro innovatsiyalarni, tadbirkorlikni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadi. Bugungi taraqqiyot zamonida biror ishda muvaffaqiyat qozonish uchun o‘tgan asrdagi kabi bilimli bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bugun har qaysi yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonish uchun quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantirishimiz zarur.