Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə45/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Muvaffaqiyatga ta’rif bering. Sizningcha, muvaffaqiyatsizlik nima?
2. Muvaffaqiyatni qachon his qilish mumkin?
3. Muvaffaqiyatga erishsangiz, uni qanday nishonlaysiz?
Mulohaza uchun
MUVAFFAQIYATSIZLIK – VOZ KECHISH UCHUN SABAB EMAS
Stiven Spilberg Kaliforniya kinofilm universitetiga kirishni orzu qilgan. Biroq 12 yoshida 8 daqiqali film yaratgan Stiven uch marta urinib ham bu o‘quv yurtiga kirolmagan. Shunday bo‘lishiga qaramay, u rejissorlikdan voz kechmadi. O‘n ikki marotaba Oskar mukofotining «Eng yaxshi film uchun» nominatsiyasida taqdirlangan ijodkorni bugun yosh-u qari yaxshi taniydi. Bir vaqtlar uni qabul qilmagan universitet 1994-yilda Stivenga faxriy diplom berdi. 1996-yilda esa rejissor iqtisodiy qiyinchilikka uchragan bu universitetni otaliqqa oldi.
Ma’naviyat xazinasidan
Muvaffaqiyat, bu – yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash degani.
MUVAFFAQIYAT KALITI – MEHNATSEVARLIK
Ravshan bolaligidan otasiga ergashib, «Paxtakor» stadioniga borishni xush ko‘rar edi. Haybatli stadionda u ilk orzulariga duch keldi – taniqli sportchi bo‘lish.
«Muvaffaqiyat orzularining chin va chiroyli ekaniga ishonganlarga nasib qiladi», degani rost ekan. Futbolga mehr va o‘z ustida mehnat uni taniqli «Paxtakor» jamoasining yoshlari tarkibiga qo‘shdi. Ravshan o‘n yetti yoshidan boshlab futbol bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. Qishning ayozli kunlarida kuyunchaklik bilan bugun stadionga bormay qo‘ya qolishini so‘ragan onasiga xavotir olmasligini aytib, xotirjam qilar edi.
Lekin o‘n to‘qqiz yoshida olgan jarohati tufayli u katta futbol bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Ravshan uchun qiyin davr boshlandi –tushkunlik. Bir kuni Ravshan otasi bilan birgalikda sportda muvaffaqiyatga erishishga oid muhim rejani ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, olti yo‘nalishda vazifalar belgilab olindi: Uzoq muddatli maqsad – strategiya ish berdi. Ravshan 25 yoshidan boshlab xalqaro futbol o‘yinlarini boshqarish uchun taklifnoma oldi.
Otasi uning yaqin ustozi bo‘ldi – har bir o‘yindan keyin ular natijalarni, tafsilotlarni tahlil qilishdi. Oldindagi muvaffaqiyatlar nafaqat uning oilasi, balki butun O‘zbekistonning iftixoriga aylandi. Futbol olamida O‘zbekistonning faxri bo‘lgan Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U uch marta Jahon chempionatida 11 ta o‘yinni boshqargan va bu borada rekordchi sanaladi. U 5 karra «Osiyoning eng yaxshi hakami» deb tan olingan. Ravshan Ermatov 2015-yilda nufuzli «Globe Soccer Awards» tadbirida «Yilning eng yaxshi hakami» nominatsiyasida mukofotlangan.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin