Mulohaza uchun Siz o‘zingiz havas qilgan biror insonning hayotini o‘rgansangiz, uning muvaffaqiyatga osonlik bilan erishmaganligiga guvoh bo‘lasiz.
Yaxshi hayotga erishgunga qadar har bir kishi sinovlardan o‘tadi, mag‘lubiyatga uchrab, yaxshi hayot uchun kurashadi. Hayotda ko‘p sinovdan o‘tganlar odamlarni oson tushunadilar, his qiladilar, muloyimlik va jonkuyarlik bilan boshqalarning yarasiga malham bo‘lishga intiladilar. Bunday odamlarning kamol topishi – hayotning noyob hodisasi.
Asl muvaffaqiyatsizlik, bu – hayotda harakatdan to‘xtash. Intilayotgan ekansiz, hali sizda imkon
bor. Orzu va rejalar ortidan qunt bilan borgan, boshqalardan ko‘proq mehnat qilib,maqsad sari intilgan inson muvaffaqiyatdan ko‘proq huzurlanadi. Kechagi muvaffaqiyatsizlik bilan yashamang. Muvaffaqiyatsizlikni tajriba, o‘sish va rivojlanish uchun saboq hamda imkon sifatida qabul qiling.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Muvaffaqiyatsizlik bizni nimaga o‘rgatadi?
2. Hayot mashaqqatlari insonlarning fe’l-atvoriga qanday ta’sir qiladi?
3. Yuqoridagi matnga asoslanadigan bo‘lsak, hayot qiyinchiliklarini ko‘rgan odamni yaxshi odam deyish mumkinmi?
4. Muvaffaqiyatsizlikni qanday qabul qilish kerak?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
Yuqoridagi matnga asoslanib, quyidagi fikrlarni daftaringizda davom ettiring: Ravshan Ermatovning hayotini stadionga tashrifi o‘zgartirib yuborgan, chunki ... .
Orzularingizga ishonsangiz, bir kuni ... . Sababi, orzular .... Ravshan ... tufayli qishning qahratonida ham mashg‘ulotlarni qoldirmadi. Ravshanning muvaffaqiyatida otasi muhim ahamiyatga ega, sababi ... . Xalqaro sportchi ... kabi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Sportchi xorijiy tilni bilishi kerak, boisi ... . Men kelajakda muvaffaqiyat qozonishimga ishonaman, chunki men ... .