VOLEYBOL UMUMTA\'LIM MAKTABLARIDA “UMID NIHOLLARI” SPORT O\'YINLARI TASHKIL ETISH VA O\'TKAZISH. KURS ISHI MAVJUDA
2.2. Musobaqa qoidalarining vujudga kelishi va shakllanishi. Voleybol o'yinining dastlabki rasmiy o'yin qoidalari 1896-yilda ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo'lgan: - maydonchaning o'lchami 7,6 x 16,1 01; - to'ming balandligi 195 sm; - to'pning og'irligi 252-336 gr; - o'yinchilar tarkibi chegaralanmagan; - to'p o'yinga maydonchani o'ng tashqi qismida joylashgan 1 xl metrli to'ltburchak shaklidagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo. Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilaming o'yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musoba qoidalari ham o'zgarib, takomillashib borgan. m' , 1900-yil- hisob 21 ochkogacha, to'ming balandligi 213 sm; 1912-yil- maydoncha 10,6 x 18,2 m, to'r - 228 sm; 1917-yil- hisob 15 ochkogacha, to'rning balandligi 243 sm; 1918-yil - o'yinchilar soni bir jamoada - 6 ta; 1922-yil- to'pni faqat 3 malta o'ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m; 1925-yil - to'p 66-69 sm, og'irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 1934-yil- to'r ayollar uchun 224 sm. Qoidalar rasmiy holda to'liq 1946-yilda joriy etilgan, lekin 1951- yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi. 1947-yil- erkaklar o'rtasida o'yin 5 partiyadan iborat. 1 950-yil - ayollar o'yini 5 partiyadan iborat. 1952-yil - tanaffus 1 partiyada 2 marta. I 957-yil - tanaffus I daqiqadan 30 soniyagacha qisqaradi. 1961-yil - o'yinchi almashtirish qoidasi tasdiqlandi. 1965-yil - to'siq qo'yuvchi qayta o'ynashi (to'pga tegishi) mumkin, u qo'llarini raqib tomoniga o'tkazishi mumkin. 1970-yil - chegaralovchi antenna (180 sm) joriy etildi. 1976-yil- kiritilgan to'pga to'siq qo'yish. 99 1984-yil - to'pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan «tegislm mumkin, to'p o'yinga kiritilayotganda uni to'sish bekor qilindi. 1988-yil - eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taybreyk tarzida. ochkolar son i 2 ta farq bo'iguncha davom etadi. 1992-yil - to'p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin. 1998-yil - to'p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo'iganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus olishlari mumkin; to'p kiritish 9 metr oralig'ida ijro etilishi mumkin; «Libero» o'yinchisi joriy etildi. 2008-yil - to'pni rangi o'zgartirildi (sariq-ko'k); to'r oldida joylashgan o'yinchilar to'rni pastki qismiga tegishi mumkin. Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma'lumotlar: - maydoncha 9 x18 m, chiziqlar kengligi 5 sm; - o'yin maydonini chegaralovchi antennalaming balandligi 180 sm; O'yinchilaming yoshi va jinsiga qarab to'ming balandligi quyidagicha bo'ladi:
SHaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo‘lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligining o‘sishiga olib keldi. SHu davrda o‘yinchilar maydonga to‘pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo‘llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o‘yin tezkor, shiddatli bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi. Turli shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar o‘tkazib turildi. 1931 yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik ayollar g‘olib chiqdilar, har uchchala erkaklar jamoasi bittadan mag‘lubiyat va g‘alabaga ega bo‘ldilar. Bu uchrashuvlar «tez sur’atli» o‘yinning ahamiyati ancha ortganligini ta’kidladi. 1932 yildan voleybol barcha katta spartakiadalarning dasturiga teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. SHu sababdan voleybol bo‘yicha butunittifoq musobaqalarining har yili muntazam o‘tkazib turilishi haqidagi masala ko‘tarildi. 1932 yilning bahorida Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashi qoshida voleybol seksiyasi tashkil topdi va uning tarkibiga A.Potashnik (rais), V.Oskolkov, M.Vilgrat, YU.Bagon, V.Kryuk va boshqalar kiritildilar. 1932 yildan avval «Voleybolchilarning Butunittifoq bayrami» deb atalgan «Sovet Ittifoqi» birinchiliklari muntazam o‘tkazila boshladi. Voleybol bo‘yicha SSJI birinchiligi ilk bora Dnepropetrovsk shahrida 1983 yilning 4-6 aprelida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Boku, Minsk) va 5 ta erkaklar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk) ishtirok etdi. Aylanma tartibda o‘tkazilgan o‘yinlar ko‘p sonli tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Qiziqarlisi birinchilik tugagach, moskvalik aralash jamoalarning ko‘rgazmali o‘yinlari o‘tkazildi.
O‘yin uch yoki besh partiyadan iborat bo‘lib, har bir partiya 15 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 bo‘lsa, o‘yin 17 ochkogacha davom etadi. So‘nggi partiya (3- va 5-)da o‘yin hisobi “taym-brek” asosida olib boriladi. YA’ni o‘yindagi har bir harakat natijasiga qarab to‘pni o‘yinga kiritish huquqi qaysi jamoada bo‘lishidan qat’iy nazar jamoaga mag‘lubiyat yoki g‘alaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada o‘yin 2 ochko farq qilguncha davom etadi. O‘yin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar: To‘pni o‘yinga kiritishda: agar irg‘itilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri “qo‘ldan” urilsa; To‘pni o‘yinga kiritishda belgilangan chegara chiziqlarini bosish, to‘p irg‘itilsayu, lekin urilmasdan tanaga tegsa va hokazo; To‘pni uzatishda: to‘p kaftga tegsa – ilib otilsa, ikki qo‘l kema-ket tegsa yoki ham tanaga, ham qo‘lga tegsa va hokazo; Zarba berishda: tana va tana qismlarini to‘rga tegib ketishi (9 metrli belgilangan chegara oralig‘ida), qo‘nish vaqtida oyoq o‘rta chiziqdan butunlay o‘tib ketsa, raqib tomonidagi to‘pga tegilsa va hokazo. Himoyada: To‘pni qabul qilishda: agar to‘pni uzatishdagi xatolar bo‘lsa; To‘siq qo‘yishda: zarba berishdagi xatolar bo‘lsa, ochko olishdan yoki to‘pni o‘yinga kiritish huquqidan mahrum qiladi.
Jismoniy tarbiya o’quv dasturiga sport oyinlari materiallari kiritilgan (voleybol, basketbol, qo’l to’pi va alohida futbol). Voleybol bo’yicha dastur materiallarini o’rgatish uchun zarur bo’lgan mashqlar, texnik va taktik usullar hamda oyinning nazariy va amaliy qoidalapri kiritiladi. Mashg’ulotlarning samaradorligi o‘qituvchining darsni to’g’ri rejalashtirishi va tashkil etishiga, ko’proq foydali harakatlarni o’rgatishning koeffitsiyentiga bog’liq bo’ladi. Jixoz va asbob - anjomlardan foydalanish muhim rol oynaydi. Voleybol boyicha mashg’ulotni muvaffaqiyatli o’rgatish uchun bir necha to’p va maydoncha bo’lishi yetarli emas. Albatta, to’ldirma to’p, osib qoyilgan to’plar, amortizatorli to’p va boshqa shu kabi jihozlar bo’lishi zarur. Dasturda voleybol uchun ajratilgan soat (yiliga 20 soat) harakat texnikasi va taktikasini zarur va yetarli darajada o’zlashtirib olishga yetmaydi. Shuning uchun umumta‘lim maktablarida voleybol sporti boyicha seksiya mashg’ulotlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Voleybol sport seksiyasini tashkil etish yosh voleybolchilarni tayyorlashdan boshlanadi. O’quv guruhlarida shug’ullanuvchilarning tarkibiy uyg’unligi hamda yosh jihatdan bir hilligi trenirovka mashg’ulotlari shakliga mos tushadi. Umumiy faoliyatda muntazam ravishda ishtirok etish shug’ullanuvchilarni yagona jamoa qilib jipslashtiradi, bu ham jismoniy tarbiyaning o’quv hamda tarbiya vazifalarini samarali hal etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Voleybol seksiya mashg’ulotlarini o’tkazishda ham qabul qilingan qator umumiy talablarni bajarish kerak bo’ladi. Birinchidan, shug’ullanuvchilarni o’qitish va tarbiyalash butun mashg’ulot davomida amalga oshirib borilishi kerak. Ikkinchidan, mashg’ulot o’tkazishda har qanday yo’llar bilan bo’lsa ham usuliy shablonlardan qochish kerak. Mashg’ulot mazmuni va usuliyatini hilma-hil qilish kerakligini vazifalarning doimiy ravishda murakkablashib borishi, shug’ullanuvchilarning organizmi va psixikasida sodir bo’ladigan siljishlar dinamikasi, tashqi sharoitning o’tkazuvchanligi taqozo etadi. Uchinchidan, shug’ullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni bir tekisda o’quv faoliyatiga jalb etish kerak. Faqat shu yo’l bilan shug’ullanuvchilar uchun uzoq vaqt davomida bir butun o’quv - tarbiya jarayoniga erishish mumkin va shug’ullanuvchilarning mashg’ulotni tashlab ketishlari yoxud qoloqlar paydo bo’lishini oldi olinadi. To’rtinchidan, har bir mashg’ulotdagi o’quv faoliyatini usuliy tamoyillarga qat‘iy rioya qilgan holda olib borish kerak. Mashg’ulotning ta‘siri har tomonlama sog’lomlashtiruvchi, bilim va tarbiya beruvchi bo’lishi kerak. Beshinchidan, mashg’ulot oldiga mazkur darsda hal etish mumkin bo’lgan mutlaqo aniq vazifalar qoyish kerak. O’quv - tarbiya jarayonining umumiy masalalari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik) hal etilishiga alxoida aniq vazifalar tizimini bajarish orqali erishiladi. Voleybol - mashg’ulot darslari kabi uch qismga: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga bo’linadi. So’ngra belgilangan qismlarning oldiga qoyilgan vazifalarni hisobga olgan holda darsning aniq ustalashgan tuzilmasi ishlab chiqiladi. Mashg’ulotning tayyorgarlik qismida boshlanadigan asosiy faoliyatga funksional tayyorgarlik markaziy o’rinni egallaydi. Bunga meyorlash oson, tayyorlanish va bajarishga ko’p vaqt ketmaydigan mashqlar yordamida erishiladi. Yugurish, sakrash, o’yinlar va o’quvchilarga yaxshi tanish bo’lgan harakatlar shular jumlasiga kiradi. Umumiy rivojlantirish mashqlari kompleksini birinketinlik tamoyiliga rioya qilgan holda, ko’pgina hollarda quyidagi tartibda bajariladi: kirishish mashqlari; qo’l va yelka kamari uchun mashqlar; oyoqlar uchun mashqlar; cho’nqayishlar; gavda uchun mashqlar; sakrashlar; mushaklarni kuchaytirish mashqlari. Mashg’ulotning eng murakkab vazifalari asosiy qismda hal etiladi. Odatda, yangi materialni, koordinatsiyasi jihatdan murakkab harakatlarni o’rganish asosiy qismning boshida hal etiladi.
Voleyboldagi texnik va taktik harakatlarga o’rgatish vazifalari bosqichlariga qat‘iy rioya qilgan holda (tanishtirish, o’rgatish, takomillashtirish) asosiy qismda xal etiladi. Texnik va taktik harakatlarga o’rgatishda tayyorlov, yaqinlashtiruvchi mashqlar kompleksidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mashg’ulotlarning yakuniy qismida harakat shiddatini asta-sekin kamaytirish, bajarilgan ishni shug’ullanuvchilar tomonidan tahlil qila bilishga erishish juda muhimdir. Uy vazifalariga alohida e‘tibor berish kerak. Mashg’ulot mustaqil bajariladigan mashqlar bilan to’ldiriladi. Voleybol mashg’ulotlarini o’tkazish joylarini tanlash ham muxim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlarni mumkin qadar ochiq havoga olib chiqish imkoniyatidan to’la foydalanish kerak. To’g’ri, ochiq maydonchada shug’ullanuvchilarga rahbarlik qilish qiyin bo’ladi. Ba‘zan, quyosh, shamol, shug’ullanuvchilar e‘tiborini chalg’itadigan predmetlar dars o’tkazishga halal berib turadi. Ammo ochiq havoda o’tkazilgan mashg’ulotlarda ish qobiliyati oshadi va bu mashg’ulotlar chiniqishga, sog’liqni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda jismoniy sifatlarni, ayniqsa voleybolchilar uchun o’ta muhim bo’lgan tezkorlik va sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarda doimo an‘anaviy standart mashqlarni qo’llash kutilgan natijani bermaydi. Aksariyat mutaxassis olimlarning tadqiqotlariga ko’ra qayd etilgan sifatlarni tarbiyalashda nostandart oyinsimon mashqlardan foydalanish shugullanuvchilarda juda katta qiziqish uyg’otar ekan.
XULOSA Xulosa o’rnida sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir-biriga o’xshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shug’ullanishni boshlagan bolada qiziqishni so’ndiradi, unda sportga bo’lgan ixlos yo’qoladi, pirovardida u sport bilan shug’ullanmay quyadi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa, dastlabki o’rgatish bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texniktaktik mahoratni shakllantira borish uchun harakatli oyinlardan foydalanish juda foydali va o’ta muhimdir.
Voleybol musobaqalarida tezkorlik va sakrovchanlik sifatlari samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biridir.
Voleybolchi qanday uyin funksiya (amplua) siga ixtisoslashgan bo’lmasin, uning hujum yoki himoya xarakatida tezkor-kuch (sakrovchanlik), shu harakatning unumdorligi bo’lmaydi, pirovord samaradorlik qo’ldan boy beriladi. Bordiyu portlovchi kuch (sakrovchanlik) sifati shakllangan bo’lsa, lekin sakrash chidamkorligi bo’lmasa, ko’p marta sakrab zarba berish, to’siq qoyish, uzatish, to’pni oyinga kiritish malakalarini foydali ijro etish imkoniyati bo’lmaydi.
Aksariyat mutaxassislarining fikriga asosan bu sifatlarini samarali rivojlantirish dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlanishi o’ta muhim deb ta‘kidlanadi. Fiziologik jixatdan ham mazkur sifatlar aynan bolalik yoshidan rivojlantirishi o’ta samarali ekanligi isbotlab berilgan.
BO’SM larda yosh voleybolchilarni tayorlash boyicha olib boriladigan mashg’ulotlarda jismoniy sifatlar an‘anaviy stnadart mashqlar ustunligida amalga oshiriladi. Tezkor-kuch (sakrovchanlik) va sakrash chidamkorligiga mashqlar muvofiq oyin vazyaitlariga moslashtirilmaydi. Ma‘lumki, voleybolchilar uchun sakrovchanlik va sakrovchanlikka bo’lgan chidamkorlik sifatlari to’pni qabul qilishda, uzatishda yoki uni sakrab zarba berishda, to’siq qoyishda muhim ahamiyatga egadir.