Polimerlarning konsepsiyasi zamonaviy texnologiyada keng qo’llaniladigan murakkab kimyoviy moddalar ekanligi aytiladi.
Polimerlar o’zaro bog’lovchi vositalar bilan foydalangan holda kapsulalar uchun qoplamalar tayyorlashda foydalaniladi.
Bugungi kunda O`zbekistonda polimerlarni qayta iShlaSh korxonalari va ular iShlab chiqarayotgan maqsulotlar quyida keltirilgan:
Oxangaronlenplast: PVX, PE lardan linoleum, truba, plyonka, santexnik buyumlar olayapti.
. Jizzax plastmassa zavodi: 1972 yilda iShga tuShgan bo`lib, sobiq ittifoqda eng yirik korxonalar qatoriga kirgan.
ToShkentda bir qancha plastmassalarni qayta iShlaSh korxonalari bor. Bularga "Sovplastital" QK, "Spetspolimerdrenaj", "GSKB po irrigatsii" maxsus rezina-texnika zavodi, deraza romini yasaydigan (PVX kompozitsiyasidan) quyoSh nuridan saqlaydigan uskunalar tayyorlovchi zavod va boshqalar mavjud.
Angren rezina-texnika zavodi: kauchuklardan rezina tayyorlab ulardan keng iste`mol tovarlari va texnika uchun kerakli bo`lgan buyumlar iShlab chiharayapti.
Polimer kompozitsiyasini granula holatiga aylantirish
Granulalash polimerni sochiluvchan donador maqsulotga aylantiriShdir. GranullaSh sochilgan holdagi zichlikning qiymatini oshirib beradi: material granulalari deyarli bir xil o`lchamga ega (3-5 mm). Sochilgan holdagi hajmiy oqirlikning ortiShi granuladan buyum oluvchi agregatning iShlab chiqarish unumdorligini oShiradi. GranulalaSh jarayoni quyidagilardan iborat: poroShok holatidagi polimer yoki PKM tsilindrga solinadigan (tsilindr ichida aylanib turadigan Shnek mavjud va taShqi tomondan kerakli bo`lgan haroratgacha isitiladi) va harorat ta`siri ostida material oquvchan qolatga o`tib Shnek yordamida uni Shakllovchi kallak orqali lenta yoki (prutok holatda) uzluksiz siqib chiharadi va sovutib kesib granulaga aylantiriladi. Bunday agregatlar granulyator nomi bilan yuritiladi.
Tabletka olish
Termoreaktiv kompozitsion materiallar ko`pincha sochiluvchan holatda bo`ladi. Ulardan bu holatda foydalaniSh ancha noqulaylikka olib keladi. SHuning uchun ular oldindan zichlab tabletka qoliga keltiriladi. Bu jarayon ftoroplastlar uchun ham qo`llaniladi.
Tabletkalash maxsus gidravlik (avtomatlaShtirilgan) presslarda bajariladi. Xona haroratida press-kukunlari ma`lum o`lcham va Shakldagi, havodan ozod bo`lgan jipslaShgan massaga aylanadi. Tolasimon press materiallardan Shnekli agregat orqali ma`lum Shaklga (arqon holatidagi) ega bo`lgan tabletka olish mumkin.
TabletkalaSh press poroshoklarning sochilib yo`qolishini kamaytiradi. Tabletkalar tezroq isiydi, issiqlikning atrof muhitga tarqalishi kamayadi va o`lchab berish osonlashadi. Natijada presslash usuli bilan olingan buyumni umumiy vaqti (tsikl pressovaniya) kamayadi.