Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
19._Sarkomastigoforalar tipi. Sarkomastigoforalar tipining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chikaradigan kasalliklari. Sarkomastigoforalar tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyo‘qlаr yoki хivchinlаr yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm tuprоqlаrdа hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа ham turli hаyvоnlаr vа оdаm оrgаnizmidа pаrаzitlik qilib, оg‘ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri bоr. Bu tipgа 18000 gа yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа хivchinlilаr kenja tiplariga bo‘linаdi.Sarkodalilar kenja tipi vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi; shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi. Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasidaparazitlariuchraydi.Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillarining soxta oyoqlari xilma-xil vaharakatchan bo‘ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo‘linmagan. Bu sinf amyobalar, chig‘anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo‘linadi. Parazit turlari asosan, amyobalar(Amoebina) turkumi orasida uchraydi Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo'g'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug' bilan og'rishga sabab bo'ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburag' amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8yadroli bo'ladi.