Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
39._Mollyuskalar (Mollusca) tipi sistematikasi, tavsif.Tipiga 130 mingdan ortiq tur kirib, u 7 tasinfga boiinadi. Molluskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Ular asosan ikki pallali fBivalvia) va qorinovoqlilar (Gastropoda) sinflari ichida uchraydi.Qorinoyoqlilar sinfining ayrim vakillari har xil parazit chuvalchanglarning, birinchi navbatda, so‘rg‘ichlar sinfi vakillarining oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi. Shuningdek, ular ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar vakillarining ham oraliq xo‘jayin!arisifatidaqatnashadi.Ikki pallali molluskalardan chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) va tishsizlaming (Anodonta) lichinkalari baliqlarda parazitlik qilib yashaydi. Tishsizlar ayrim jinsli boiib, tashqi ko‘rinishidan erkagi urg‘ochisidan farq qilmaydi. Urg‘ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra yaproqchalari oralig'iga qo‘yadi. Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiqariladi va kirish sifonlari orqali urg‘ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari orasida urugianib, bir necha kundan keyin undan gloxidiy deb ataluvchi lichinka chiqadi. Lichinkaning ikki pallali chig‘anoqlari qirralari tishchali boiadi. Bunday lichinkalar erta bahorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz harakatlanib, keyin chig‘anoqlarini tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari yordamida turli baliqlaming jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda hayot kechira boshlaydi. Natijada zararlangan baliqlar tanasida shishlar paydo boiadi. Terisining ostida gloxidiylar bir-ikki oy davomida parazitlik qilib rivojlanadi va asta-sekin kichik tishsizga - baqachanoqqa aylanadi. Keyinchalik baliqning terisini yorib, suv tubiga cho‘kib mustaqil hayot kechiradi. Gloxidiylar, ayniqsa, baliqlaming jabra to‘qimalarida parazitlik qilib, ulaming nafas olishini qiyinlashtiradi va natijada ko‘plabbaliqlarnobudboiadi.Qorinoyoqli molluskalar ichida ham ayrim turlari ninaterililar tipi vakillaridaparazitlikqiladi.