14._Parazit-xo’jayin munosabatlari klassifikatsiyasi: haqiqiy, obligat, koptiv, abortiv munosabatlar.Parazit-xo'jayinbir-biribilan o'zaro bog’liq bo'lgan biologik sistema bo'lib, bundaymunosabatdanfaqatbirtomon, ya’ni parazit foyda ko'radi. Parazit xo'jayinga zararli ta'sir ko'rsatib,kasallikkeltirib chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi. Ko'pchilik parazitlar ayniqsa gelmintlar rivojlanish sikli xo'jayin almashtirish yo'li bilan boradi. Gelmintlarni rivojlansh siklida albatta oraliq xo'jayin ishtirok etsa bularni biogelmintlar (mushuk ikki so’rg’ichlisi, qora mol tasmasimon chuvalchangi, keng tasmasimon chuvalchang va boshqalar) keltirib chiqaradigan kasalliklarini biogelmintozlar deyiladi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo'jayinlar ishtirok etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib chiqaradigan kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmintlar bilan to'g’ridan-tog’ri zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday gelmintlarni kontakt gelmintlar, ularni keltirib chiqaradigan kasalliklarini, kontakt gelmintozlar deb ataladi. Bu atamalar fanga parazitolog olimlar K.I.Skryabin, R.S.Shults, E.S.Shulman va boshqa yirik gelmintolog olimlar tomonidan kiritilgan. Parazit-xo'jayin o’rtasidagi munosabatlar klassifikatsiyasi birinchi marta K.I.Skryabin va R.S.Shults (1937, 1940) tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga bu munosabatlarni ikkita kategoriyaga bo'lib o'rganilgan. Obligat va fakultativ munosabatlar. 15._Parazitlarning patogenligi. Biogelmintlar, geogelьmintlar, kontakt gelьmintlar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar.Invazion va infektsion kasalliklar.Parazitlar xo'jayinlarigaturlichata'sir ko'rsatadi va ularda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Hayvonot dunyosikeltirib chiqaradigan kasalliklar invazion yoki parazitar kasalliklar (asosan parazit chuvalchanglar, o'rgimchaksimonlar, hasharotlar hamda bir hujayrali hayvonlar tomonidan qo'zg'atiladigan kasalliklar) deyiladi, o'simliklar dunyosi keltirib chiqaradigan kasalliklar esa infektsion kasalliklar deyiladi(viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar).Xo'jayinning bitta organi yoki butun organizmida joylashgan parazitlar yig’indisiga – parazitotsenoz deyiladi va u yerdagi o’zaro munosabatlar sinergetik (bir-birini to’ldiruvchi) yoki antogonistik (qarama-qarshi) xarakterga ega bo’ladi. Xo’jayinda bir nechta parazit bo’lsa (parazitotsenoz), parazitlarning umumiy patogenlikxususiyatiyanadaortadi.Parazitlarning patogenlik ta’siri ko’p omillarga ya’ni, parazitningturiga,tanadatarqalishiga, invaziya intensivligiga, xo’jayinni fiziologik xolatiga va hokazolargabog’liq.Organizmdagi turli parazitlar xo'jayin organizmiga turlicha ta'sir ko'rsatadi. M:askarida bilan zararlangan odamlarda bakteriyali dizinteriya juda og’ir o'tadi va qiyindavolanadi. Yoki aksincha askaridoz, ankilostomidoz bilan og’rigan kasallarda lyamblioz bilan kasallanish, gelmintlar bilan zararlanmaganlarga qaraganda 2-4 marta kamroq uchraydi. Turli gelmintlar bilan zararlangan odamlarda tuberkulyoz, Botkin kasalligi (sariq), qorin tifi va boshqa infektsion kasalliklar juda og’ir o'tadi. Invazion kasalliklarni har birini alohida nomlash uchun kasallik qo'zg’atadigan parazit avlodi nomini oxiriga “az”, yoki “oz” qo'shimchasi qo'shiladi. M: Amyobalar keltirib chiqaradigan kasallik, amyobiaz, Ascaridalar avlodi vakilari qo'zg’atadigan kasallik askaridoz, Fasciola avlodi vakillari qo'zg’atadigan kasallik fastsiolyoz deb ataladi.Parazitar kasalliklarni klinik belgilari turlicha bo’ladi. Kasallik belgilari yashirin (yopiq), namoyon bo’lsa ham turli boshqa kasalliklarga xos belgilarni paydo bo’lishibilankechadi:-surunkalicharchash;-ishtahanio’zgarishi(yomonlashuvi);- asabiy bo’lib qolish;- ovqat hazm qilish sistemasidagi buzilishlar(ko’ngil aynashi, qayt qilish, ich qotishi, ich ketishi, qorin dam bo’lishi, gaz hosil bo’lishi); -so’lakoqishi;- anemiya, qondagi o’zgarishlar(eyzinofiliya, SOE ortishi va boshqalar); -to’qimalardavasuyaklardaog’riq;-boshog’rig’i;-uyqusizlik;- davriy harorat oshishi (37-38o C); -gipovitaminoz;-teridagibelgilar;-allergiko’zgarishlar;-nafasolish yo’llari kasalliklari(bronxit); -uyqudatishg’chirlatishvaboshqalar.Parazitar kasalliklar klinik belgilarini xilma-xilligi bilan hamxarakterlanadi.Bular asosida parazitning biologik xususiyati yotadi. U avvalo parazitni xo’jayinning qaysi organ va to’qimasida joylashganligi bilan bog’liq bo’ladi.