Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
7._Tirik organizmlar o’rtasidagi munosabat ko’rinishlari.Evolyutsion taraqqiyot jarayonida organizmlarning bunday bog’lanishi u yoki bu darajada murakkablashib borib, biologik jihatdan turli kategoriyalarga bo’linadi, ya’ni hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib, birgalikda hayot kechirish jarayonida betaraf (indifferent), do'stlik va antogonistik munosabatlarda yashaydi. I. Indefferent – betaraf munosabatlar. Ular bir xil sharoitda, bitta muhitda (hududa) yashaydi, bir-biriga zarar ham foyda ham keltirmaydi. Bularga korall poliplar, ignaterililardan-dengiz yulduzlari va dengiz nilufarlari misol bo'ladi. II. Antogonistik – qarama-qarshi munosabatlar. Bunday munjsabatda birga yashovchilarni bittasi ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitlik misol bo'ladi.Parazitlar parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. Yirtqich bilanparazit bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o'z o'ljalaridan kuchli bo'lib, ularni o'ldirib to'liq yoki qisman iste'mol qiladi (masalan, bo'ri bilan qo'y). Parazit esa o'z xo'jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning uchun uni o'ldirishga kuchi yetmaydi, faqatgina kasallantiradi. U o'z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab, uning hisobiga hayot kechiradi.III. Simbios – o’zaro foydali munosabatlar. Simbiozning ma’nosi “sim”-birga,“bios”-hayot (tirik), birgalikda yashovchilarni ikkalasi ham bir-biridan ma’lum darajada foydalanadi. Simbios juda murakkab bo’lib, bir nechta ko’rinishi mavjud. Hatto biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Boshida bunday birga yashash faqat birga yashovchilarning bittasi uchungina zarur bo’lib qoladi, chunki uni o’zi mustaqil ravishda tashqi muhit bilan aloqa bog’lay olmaydi. Simbioz ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlar o’rtasidagi judamurakkab bog’lanishlarni ifodalaydi. M: termitlarning ichagida xivchinlilardan –gipermastiginalar yashaydi. Termitlar laboratoriya sharoitida xivchinlilardan tozalanganda parazitlar darhol o’lgan. Parazitlari bor termitlar va parazitlardan tozalangan termitlar bir xil sharoitda kuzatilganda, oziqa yetarli, sharoit qulay bo’lganda parazitlari bor termitlar 1,5 yilgacha yashagan, parazitlardan tozalangan termitlar esa atigi 10-14 kungina yashab, keyin ular o’la boshlagan. Tirik qolganlarini olib, suniy parazitlar bilan zararlantirilganda ular yashab ketgan. Shu yo’l bilan termitlarni, xivchinlilar bilan tabiiy sharoitda simbioz holda yashashi isbotlangan, ya’ni termitlar yog’och mahsulotlari bilan oziqlanadi, xivchinlilar esa klechatkani parchalaydi.