5._Parazitizm va parazitlar to’g’risida tushunchalar.Parazitizm (yunoncha parasites-tekinxo'r, hamtovoq) har xil turga mansub organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning bir ko’rinishidir. Bunda organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo'jayin) dan yashash muhiti va ozuqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi. Parazitlik bilan hayot kechirish parazit turning o’ziga xos filogenetik belgisi bo’lib, shu turga kiruvchi barcha individlar uchun xosdir. Parazitlar biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, kelib chiqishi, qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini o’rganadigan fan – Parazitologiyadir. Fan rivojlanishiga qarab XVII asrdangina parazitlarni erkin yashaydigan organizmlar bilan umumiy o’rganila boshlangan. Ungacha parazitlarga alohida guruh sifatida qaralib, ba’zida ularning kelib chiqishi ham sirli bo’lib, tirik organizmlarda o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami sistemasiga kiritilgandan keyingina parazitizm tushunchasini qayta ko’rib chiqish, yanayam aniqroq tushuncha berish kerakligi talab qilindi. 6._Parazitizmni turli xil ko’rinishlari va u bilan bog’liq bo’lgan hodisalar.Parazitizm hayvonat olamida uchraydigan ba’zi bir holatlardan butunlay ajralib qolgan mustaqil bir holat emas. U bir necha ko’rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalar simbioz va sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayonida biz ikkita har xil turga mansub bo’lgan hayvonlarning o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar oziqlanishiga ko’ra ikkita guruhga bo’lib o’rganiladi: 1. Avtotrof organizmlar. 2. Geterotrof organizmlar.Avtotrof organizmlar - anorganik moddalardan organik moddalarni sintezqiladi. Bularga yashil o’simliklar kiradi. Geterotrof organizmlar esa tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanuvchilardir. O’z navbatida bularni o’simlikxo’r, hamaxo’r va hokazolarga bo’lish mumkin. Hamaxo’rlar o’z navbatida parazit, yirtqich va saprofitlarga bo’linadi. Parazitlarni esa odam, hayvon va o’simlik parazitlariga bo’lib o’rganiladi. Barcha tirik organizmlar bir-biri bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida organizmlarning bunday bog’lanishi u yoki bu darajada murakkablashib borib, biologik jihatdan turli kategoriyalarga bo’linadi, ya’ni hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib, birgalikda hayot kechirish jarayonida betaraf (indifferent), do'stlik va antogonistik munosabatlarda yashaydi.