Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
3._“Parazitologiya” fanining rivojlanish tarixi. Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Parazitlar haqidagi ma'lumotlareramizdananchaavvalpaydobo’lgan.Ebersning mashhur Papirusidaodamlardaparazitlikqiladigangel’mintlar,jumladanaskarida,teniyalarhaqidama’lumotlarbor.Eramizgacha yashab o’tgan yunon vrachi, tibbiyotiljminingasoschilaridanbiriGippokrat (460-375yy) odamlarda askarida, ostritsa, exinokokk uchrashi haqidama’lumotlar qoldirgan. Olim fanga birinchi bo’lib “askaridoz”, “helmints” atamalarini kiritgan. Lekin u parazit chuvalchanglarni va boshqa chuvalchanglarni, hatto bo’g’imoyoqlilar lichincalari va ilonlarni hammasini ham bir deb tushungan. U odamlarda uchraydigan askarida, bolalar gijjasi, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlarni invazion kasalliklarning qo'zg'atuvchisi emas, balki o'z-o'zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto'g'ri tushuncha bergan. Eramizdan avvalgi 384-322 yillarda yashagan yunon faylasufi Arestotel qoramol-lardagi exinokokkoz, cho'chqalardagi sistiserkoz,odam askaridasi va ostritsa to'g'risida ma'lumotlar yozib qoldirgan. Eramizdan avvalgi 116-27-yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to'qayzorlarda boqqanda og'iz va nafas yo'llari orqali mol organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo'zg'atadi deb fikr yuritgan. Eramizdan avval va eramizning dastlabki yillarida qo'tir kasalligiga qarshi oltin-gugurt, gelmintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq va boshqa surgi dorilari ishlatilgan. Parazitlar to'g'risidagi ayrim ma'lumotlar bir qancha olimlarning qo'lyozmalaridan ham topilgan, ammo ular parazitlarni xudo yuborgan ofat deb, bu kasalliklarni "da-volash" uchun xudoga sig'inish, iltijo qilish kerakligini aytishgan. Gabustius (1549) gelmintologiya sohasida birinchi qo’llanmaning muallifi hisoblanadi. Olim qo’llanmada o’z davrida ma’lum bo’lgan gelmintlarga tavsif bergan va davo xillariga to’xtalib o’tgan, jigar qurtiga to’liq tavsif beradi. Shvetsariyalik vrach K. Gesner (1516-1565) “Hayvonlar tarixi” asarida sodda organizmlar, ildizoyoqlilar haqida dastlabki ma’lumotlar keltiradi. Sodda organizmlarni tuzilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lmay turib, o’zi topgan ildizoyoqlini, juda kichik mollyuska deydi. Sodda hayvonlarni o’rganilishida keksa tabitshunos, gollandiyalik mikroskop ustasi Anton van Levengukning (Anton van Leeuwenhoek, 1632-1723) xizmatlari kattadir. Levenguk sistematik ilmiy tayyorgarlikka ega bo’lmasada buyuk aql, zakovat sohibi bo’lgan va tabiiy fanlarni sevgan. Levenguk o’zini ishdan bo’sh vaqtlarini kattalashtirib ko’rsatuvchi ko’zgularni shlifovkasiga bag’ishlaydi. Natijada oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan mayda jonivorlarni topadi va bu mayda jonivorlarni “animalkula” deb ataydi. Olim jahonda birinchi bo’lib oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan sodda organizmlarni ko’radi. O’zini ixtirosi to’g’risida, o’sha paytda London qirollik jamiyatiga qarashli ilmiy bilimlar markazida xat shaklida e’lon qilib boradi. So’nggi xati 1723 yilda bosib chiqarilgan, shunda olim 91 yoshda edi. 1720 yilda bosib chiqarilgan xatida olim, yoshim sakson sakkiz yarimga kirdi, umrimning kuziga o’tdim deb yozgan. Olim o’z ixtirosi bilan butun biologiya sohasida yangi davrni boshlab berdi.