11._Parazitizmning kelib chiqishi to’g’risida turli olimlar tomonidan keltirilgan ta’riflar. Parazitlarning kelib chiqishi.Yerda organik olamni paydo bo’lishi bilan birga parazitlar qachondan paydo bo’lgani haqida turli fikrlar mavjud, aniq bir to’xtamli fikr yo’q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo’ladigan turli dalillar mavjud.Yer yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida erkin yashovchi organizmlardan kelib chiqqan. Parazitlik turli hayvonlar guruhlarida turli yo’llar bilan boradi.Ye.N.Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo’lishidan bir oz yoshroq deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida paydo bo’lgan. Ko’pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, sodda hayvonlarni parazitlikka o’tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog’liq.Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo’lishi to’g’risida ham turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog’liq. Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. K.I.Skryabin va V.M.Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo bo’lgan. Shuning uchun umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo’jayin bo’lolmaydi deydi va bir qancha misollar keltiriladi. 12._Erkin organizmlarni parazit organizmlarni kelib chiqishidagi ahamiyati, (ektoparazitlar, endoparazitlar, qon parazitlari) va ularnng kelib chiqishidagi shart-sharoitlar. Yashash joyiga qarab parazitlar (Ectozoa) tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo'jayini tanasining sirtida) va ichki-endoparazitlar(Entozoa)ga bo'linadi (bunda parazit xo'jayini tanasining ichki to'qima yoki bo'shliqlarida yashaydi) Evolyutsion taraqqiyot jarayonida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar bilan birga individual farqlar ham kuzatiladi. Har ikkala guruhlar asosida oziqlanish va yashash makoni sifatida foydalanish manfaatdorligi yotadi. Ko’pchilik ektoparazitlar asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot kechiruvchilardan o’tgan. Ektoparazitlik ko’proq bo’g’imoyoqlilarda (kanalar, parxo’rlar, junxo’rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga yuzaga kelmagan. Bo’g’imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bog’lanishda (kontaktda) bo’lishi bilan bog’liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg’ochilari bir daqiqadan ozroq, tayga kanasi 6-8 kun, burgalar xo’jayuinlarida hayotini ko’p qismini, bitlar esa xo’jayinlarida hayoti davomida, ya’ni doimiy yashaydi. Ektoparazitlarning paydo bo’lishida yana boshqa yo’llar ham mavjud, ya’ni ko’pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlariga yopishib hayot kechirishi bilan ham bog’liq. Ular teriga borgan sari botib kirib, to’qimalar hisobiga oziqlanishga o’tgan va shu guruh hayvonlardan parazit qisqichbaqasimonlar kelib chiqqan. Yana bir yo’li kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib parxo’rlarni, qush kanalarini olish mumkin. Bu kanalarni dastlabki avlodlari qushlarni kommensallari bo’lgan. Avvaliga qushlarning inlarida organik qoldiqlar hisobiga oziqlangan. Keyinchalik tanasiga o’tib, (uy egalariga o’tgan) tana shox moddalari hisobiga oziqlanishga o’tgan.