20._Koksidiyalar turkumi vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.Kоksidiyalаr turkumi o‘z nаvbаtidа bir nеchta kеnjа turkumlаrgа bo‘linаdi: 1. Eymеriyasimоnlаr (Eimеriina) kеnjа turkumi. 2. Qоn spоrаlilаr (Haemosporina) kеnjа turkumi. 3. Pirоplаzmidаlаr (Piroplasmida) kеnjа turkumi. Eymеriyasimоnlаr (Eimеriina) kеnjа turkumining vаkillаri аsоsаn umurtqаli hаyvоnlаr оrgаnlаrining ichаk epitеliya hujаyrаlаri ichidа, ya’ni ichаk vа jigаrdа pаrаzitlik qilаdi. Dеyarli hаr bir eymеriya turi fаqаt mа’lum bir tur hаyvоndа pаrаzitlik qilаdi. Vоyagа yеtgаn eymеriyalаr hаrаkаtsiz bo‘lаdi. Cho‘zinchоq duk shаklidаgi yosh spоrоzоit vа mеrоzоitlаri fаоl hаrаkаt qilаdi. Eymеriyalаrning ko‘pаyishidа jinsiy vа jinssiz bo‘g‘inlаrni to‘g‘ri gаllаnishi хаrаktеrlidir. Qоrаmоl, qo‘y, echki, quyon vа pаrrаndаlаrdааsоsаn, Eimeria urug‘ining turlаri pаrаzitlik qilаdi. Eimeriyalаrning rivоjlаnishi murаkkаb, bаrchа hаyvоnlаrdа bir хil bo‘lib, uchtа rivоjlаnish dаvrini (shizоgоniya, gаmеtоgеniya vа spоrоgоniya dаvrlаrini) o‘tаydi. Bundа shizоgоniya vа gаmеtоgоniya dаvrlаrining rivоjlаnishi хo‘jаyinlаri ichkiоrgаnlаridа (endоgеn dаvri), spоrоgоniya dаvrining rivоjlаnishi esа tаshqi muhitdа(ekzоgеndаvri)o‘tаdi.Shizоgоniya, ya’ni jinssiz ko‘pаyish dаvri vа jinsiy ko‘pаyish хo‘jаyinоrgаnizmidа kеtаdi. Mаhsuldоr hаyvоnlаr, jumlаdаn, quyonlаr оziq-оvqаt yoki suv bilаn birgа kоksidiya ооsistаlаrini yutib yubоrаdi. Ооsistа ichidа 4 tа spоrа vа hаr bir spоrа ichidа 2 tаdаn spоrоzоitlаr bo‘lаdi. Quyon ichidаооsistаning qоbig‘i erib kеtib, spоrаlаrning po‘sti yorilаdi vа ulаrdаn duksimоn ko‘rinishdаgi hаrаkаtchаn spоrоzоitlаrchiqаdi.Spоrоzоitlаr tеzlikdа epitеliаl hujаyrаlаrgа kirib оlаdi vа yumаlоqlаnib, o‘sibhаjmi kаttаlаshаdi hаmdа yadrоsi bir nеchtаgа (8-60) bo‘linаdi. Yadrоlаr sоnigа qаrаb sitоplаzmа hаm o‘shаnchаgа bo‘linаdi vа yangi аvlоd, ya’ni mеrоzоitlаr shаkllаnаdi. Mеrоzоitlаr epitеliy hujаyrаlаridаn ichаk bo‘shlig‘igа chiqib qаytаdаn sоg‘lоm epitеliаl hujаyrаlаrgа kirib оlаdi vа yanа jinssiz yo‘l bilаn ikkinchi gеnеrаsiyani hоsil qilаdi. Shundаy usuldа jinssiz ko‘pаyish 4-5 mаrtа tаkrоrlаngаndаn so‘ng, mеrоzоitlаrdаn jinsiy hujаyrаlаr (gаmеtаlаr) hоsil bo‘lа bоshlаydi 21._Toksoplazma, sarkosporidiyalar urug`i vakillari tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.Toksoplazmalar (Toxoplasma) urug'iga bitta Toxoplasma gondii turikiradi.Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka ichagida murakkab rivojlanish davrlarini o'tib, undan 2 ta sporali ootsista – sporozoitlar hosil bo'lishibilantugaydi.Parazitni dastlab 1908-yili fransuz olimlari Nikol va Manso kemiruvchilardaaniqlashgan.Toksoplazmalarning rivojlanishi xo'jayin almashtirish bilan boradi, ya'nimushuklar parazitning asosiy xo'jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa parazitning oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Umumiy po'st bilan o'ralgan merozoitlar to'plami sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan o’rganlarda yoki hayvonlar so'lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo'ladi. Hayvonlar sistalarni yutganida yoki kasal hayvonlarni yeganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga terining jarohatlangan joylaridan ham o'tishi mumkin. Sutemizuvchilarda esa toksoplazmalar yo'ldosh orqali ona organizmidan embrionga o'tadi. Ayrim hollarda toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin. Toksoplazmalarning jinsiy ko'payishi faqat mushuklar organizmida o'tadi. Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo'lganidek, jinsiy ko'payish va sporotsistalar hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalarning rivojlanishida jinssiz ko'payish ustun turadi.Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya'ni go'sht sporalilarurug'ininghambir qancha turlari bo'lib, ular ayrim uy hayvonlari, ya'ni qoramollar, cho'chqalar vaparrandalar hamda yovvoyi hayvonlarning muskullarida parazitlik qiladi. Ular go'shtda uzun xalta shaklida 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida esa yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar bo'ladi. Go'sht sporalilarning rivojlanishi koksidiyalarnikiga o'xshash, lekin rivojlanishi ikkita xo'jayinda ketadi. O'txo'r sutemizuvchilar va parrandalar parazitning ora-liq xo'jayinlari, yirtqich sutemizuvchilar (mushuklar, itlar) va odamlar esa asosiy xo'jayinlari hisoblanadi. Oraliq xo'jayinlar organizmida parazit jinssiz - shizogoniya yo'li bilan va asosiy xo'jayinlari organizmida jinsiy usulda ko'payadi. 22._Jigar qurti. Tuzilishi va hayot sikli. Yuqishi, zarari va profilaktikasi.Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan boshqa hayvonlar va odamlaming jigarida hamda o‘t yoilarida parazitlik qiladi. Jigar qurtlarining uzunligi 2-7,6 sm, eni esa 5-12 mm keladi. Jigar qurti biogelmint hisoblanadi, ya’ni rivojlanishida 2 ta xo‘jayin qatnashadi. Bunda rivojlanishining boshlang‘ich davri o‘tishi uchun oraliq xo‘jayin, parazitning toiiq rivojlanishi uchun esa asosiy xo‘jayinbo‘lishikerak.Chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli molluskalardan kichik chuchuksuv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) jigar qurtining oraliq xo‘jayini, qo‘y, echki, qoramol, tuya, ot, cho‘chqa, kemiruvchilar va ba’zan odamlar parazitning asosiy xo‘jayini boiib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda fassiolaning oraliq xo‘jayini boiib 18 turga kiruvchi chuchuk suv molluskalari hisoblanadi. Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir hafta davomida bir milliontagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo ‘lganda, 17-18 kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka-miratsidiy chiqadi. Miratsidiylar 2-3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq xo‘jayini - qorinoyoqli molluskalami topib, xartumi orqali molluska chig‘anog‘ini teshadi va uning ichiga kiradi. So‘ngra bu lichinkalar molluska jigariga o‘mashib, kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o‘xshash shaklga ega boigan keyingi lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari partenogenez (otalanmasdan) yoii bilan ko‘payib, lichinkaning navbatdagi generatsiyasi - rediyalami hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o'xshash ichagi boiadi. Bitta sporotsistada 10-15 ta rediyalar yetiladi. 23._Qon sporalilar turkumi vakillari tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.QON SPORALILAR (HAEMOSPORIDIA) turkumi vakillari odam va issiq qonli hayvonlaming qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi. Bu turkumga 100 ga yaqin tur kiradi.Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar boisada, lekin ulaming hayot sikli bir necha xo‘jayinda o‘tadi, Masalan, bu turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak plaz modiysining rivojlanishi ikkita xo‘jayinda o‘tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makrova mikrogametotsitlar odam qizilqontanachalaridayetishadi.Bezgakchivinida(Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak plazmodiylaming hayot sikli xo‘jayinlar (chivin va odam) organizmida o‘tadi, tashqimuhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plazmodium deyiladi. Bu kasallik eramizdanoldinhammaiumbo‘lgan.Uvaqtlardabu kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yoilari aniqlanmagan.Lekin, shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilishgan, shuning uchunham“botqoqisitmasi”debatalgan.Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasyevva1880-yilda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivinlar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassianiqlashgan.Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi: 1. Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni isitma har 48soatdankeyinqaytarilibturadi.2. Plasmodium malariae - to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni isitma har72soatdankeyinqaytarilibturadi.3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko‘pinchajudaog‘iro‘tadigantropikbezgakqo‘zg‘atuvchisidir.4. Plasmodium ovale - uch kunlik bez'gak qo‘zg‘atuvchisi,ya’niisitmahar48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo‘zg‘atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisibirmarta1924-yildaUfashahridauchragan.