Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Miksosporidiya tipi vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari



Yüklə 82,51 Kb.
səhifə15/50
tarix13.04.2023
ölçüsü82,51 Kb.
#97058
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u

24._Miksosporidiya tipi vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.Tipiyaqin-yaqinga qadar sporalilar tipi bilan qo‘shib
o‘rganilar edi. Lekin ularning tuzilishi va rivojlanish sikli har tomonlama chuqur
o‘rganilgach, morfologik va fiziologik jihatdan sporalilardan farq qilishini hisobga
olib, miksosporidiyalami mustaqil tip darajasiga ko‘tarishga imkon yaratildi.
Miksosporidiyalarda vegetativ va generativ yadrolar borligi, sporalari ko‘p hujayrali murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Yana shuni ham aytish kerakki, miksosporidiyalarning ko‘payishi va tarqalishi uchun xizmat qiladigan kapsulli
sporalari deyarli hamma vaqt yetishib turishi bu tip vakillari uchun juda xarakterlidir (ma’lumki, sporalilar tipining vakillarida sporalar ularning oxirgi rivojlanish
stadiyasidayetisharedi).Miksosporidiyalarning vakillari hayvonlaming hujayrasida parazitlik qilibyashaydi. Ularning sporalari kapsula ichida boiadi. Kapsulada o‘ralib yotgan kuydirgich ipi boiib, xo‘jayin ichiga tushganda ip kapsuladan otilib chiqib, ichakning
epiteliysiga sanchiladi. So‘ngra amyobasimon embrion sporadan chiqib xo‘jayin
to‘qimasiichigakiradi.Miksosporidiyalar tipiga 1000 dan ortiq tur kirib, 2 sinfga boiinadi: 1. Aktinomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi. 2. Miksosporalilar yoki
shilimshiqsporalilar(Myxosporea)sinfi.Aktinomiksidiyalar sinfida 20 dan ortiq tur mavjud boiib,ularasosanhalqalichuvalchanglardaparazitlikqiladi.Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar sinfiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Ular
asosan baliqlarda parazitlik qiladi va baliqchilik xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar
yetkazadi.MDH da bu sinf vakillarini o‘rgangan olimlar V.A. Dogel va S.S. Shulmanlar
hisoblanadi. Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va
nasllar gallanishining yo‘qligi bilan sporalilardan farq qiladi.
Shilimshiq sporalilardan Myxobolus pfeifferi turi baliqlaming har xil to‘qima va
organlarida (jabralari, terisi, o‘t pufagi va muskullarida) parazitlik qiladi. Baliqlarning terisida shishlar paydo boiib, ko‘plab, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi.
Miksosporalilaming oichami bir necha mikrondan 2 sm gacha boradi.

Yüklə 82,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin