Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
33._Metastrongilidlar (Metastrongylidae) oilasi vakillari ularning tuzilishi, ko’payishi, keltiribchikaradigankasalliklari.Oilasigakiruvchi.Metastrongylus umg‘ining vakillari asosan cho‘chqalamingo‘pkasidaparazitlikqiladi. Cho‘chqa va to‘ng‘izlarda metastrongilus avlodining Metastrongylus elongatus, M. pudendotectus va M. salmi kabi turlari parazitlik qiladi.Metastrongiluslar cho‘chqa va to‘ng‘izlaming bronxlarida, ko'proq o‘pkaning orqa va yuqori qismida uchraydi.0‘zbekiston sharoitida metastrongiluslar bilan asosan yowoyi cho‘chqalar, ya’ni to‘ng‘izlar kasallanadi. Metastrongiluslar ingichka ipsimon shakldagi nematodalar bo‘lib, erkaklarining uzunligi 14-16 mm, urg‘ochilariniki esa 20-58 mm atrofida bo‘ladi. Urg‘ochi metastrongiluslar cho‘chqa bronxlarigatuxumqo‘yadi.Butuxumlarhayvon nafas yo‘li orqali ular yo‘talganda og‘iz bo‘shlig‘igatushadi.Cho‘chqalarbu tuxumlami qayta yutib yuboradi va tuxumlar ulaming oshqozoniga tushib, tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda metastrongiluslar tuxumlaridan qulay sharoitda 2 kundan keyin lichinkalar chiqadi. Bunday lichinkalar oziq-ovqat orqali yomg‘ir chuvalchangining organizmiga o‘tadi. Natijada lichinkalar yomg‘ir chuvalchangi qizilo‘ngachi devoriga yoki uning qon tomirlariga kirib oladi. Bu yerda ikki marta tullab, 10-20 kundan keyin invazion, ya’ni yuqumli holatga keladi. Cho‘chqalar parazit lichinkalari yuqqan yomg‘ir chuvalchanglariniyegandametastrongilyozqo‘zg‘atuvchilaribilan zararlanadi. Cho‘chqa oshqozoniga tushgan yomg‘ir chuvalchanglari hazm boiib, ajralib chiqqan metastrongilus lichinkalari ichakda yana bir marta tullab, uchinchi lichinkalik davriga o‘tadi, so‘ngra ichak devorini teshib, limfa yoilariga o‘tadi va bu yerda to'rtinchi marta tullaydi. Shundan so‘ng bu lichinkalar limfa yoilari va qon tomirlari orqali o‘pkaga keladi, o‘pkadan esa bronxlarga o‘tib, jinsiy voyaga yetgan metastrongiluslarga aylanadi. Tanasida yuqumli lichinkalari boigan yomgir chuvalchangini cho‘chqalar yegan vaqtdan boshlab, to o‘pkada jinsiy voyaga yetgan metastrongilusga aylanguncha 25-35 kun kerak boiadi, toiiq tuxumdan tuxumgacha rivojlanish davri esa 30-55 kunga to‘g‘ri keladi. Metastrongilyoz bilan ko‘proq cho‘chqa bolalari kasallanadi. Kasallangan hayvon yo‘talib, nafas olishi qiyinlashadi, yaxshi o‘smaydi, oriqlab ketadi, ba’zan oiadi.