_Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar
Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
57._Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.So'rg'ichlilar sinfidan - prostogonimus (Prosthogonimus) urug'ining vakillari, ayniqsa, Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq,kurka, o'rdak, g'oz va boshqa yovvoyi parrandalarning fabritsiyev xaltasi va tuxumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi.Bu parazitning tanasi noksimon shaklda, darzoventral tomondan yassilangan. Uzunligi 3-6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari og'iz so'rg'ichi bilan qorin so'rg'ichi oralig'ida ikkiga shoxlangan. Qorin so'rg'ichi og'iz so'rg'ichiga nisba-tan ancha yirik. Urug'donlari ikkita, ovalsimon ko'rinishda, asosan tanasining orqa yarmida joylashgan. Tuxumdoni qorin so'rg'ichining yuqorisida, sariqlik bezlari tananing ikki yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan. Prostogonimning rivojlanishi uchta xo'jayinda ketadi (24-rasm). Birinchi oraliq xo'jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus urug'iga mansub mol-luskalar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari, ya'ni qo'shimcha xo'jayinlari har xil turga kiruvchi ninachilar (Libellula Anax, Sympetrum va boshqa urug'lar turlari) va asosiy xo'jayinlari esa parrandalar hisoblanadi. Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga, suvga tushgandan 8-14 kundan keyin tuxumdan miratsidiy chiqadi va faol harakat qilib. birinchi oraliq xo'jayini - molluskalarning ichiga kiradi, Molluska jigarida miratsidiy sporotsistaga aylanadi va sporotsista ichida uzun dumli serkariylar yetiladi va ular molluskadan suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar ikkinchi oraliq xo'jayin - ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi. Bu yerda serkariy ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, qorin muskuli oralig'iga kelib joylashadi va to'rtinchi kuni metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy kapsulaga o'ralib, 70 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari - parrandalar metatserkariy bilan zararlangan ninachilar va ularning lichinkalarini yeyishi bilan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Parranda ichagidan meta-tserkariy kloaka orqali tuxum yo'li va fabritsiyev xaltasiga o'tadi va taxminan ikki haftadan keyin jinsiy voyaga yetadi.