_Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar
Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
58._Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Bu parazit asosan mushuk,it, tulki, sher, cho'chqa va odamning jigarida, o't yo'llarida, o't pufagida hamda oshqozon osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U asosan G'arbiy Sibirda ko'p tarqalgan.Ko'rinishi nashtarsimon ikki so'rg'ich-liga o'xshaydi, lekin tanasi biroz kichik, ya'ni 8-13 mm uzunlikda bo'ladi. Bir juft urug'donlari va bir dona tuxumdoni gavdasining orqa tomonida joylashgan. Bachadoni ko'p shoxlangan bo'lib, tana bo'shlig'ining oldingi yarmini to'ldirib turadi,Mushuk ikki so'rg'ichlisining, ya'ni opistorxisning rivojlianishida uchta xo'jayin qatnashadi. Yuqorida aytilgan sutemizuvchilar va odam definitiv (asosiy)xo'jayin bo'lsa, chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqli molluska - bitiniya (Bithynia leachi) birinchi oraliq xo'jayin, sazan (zog'ora baliq), karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki qo'shimcha xo'jayin hisoblanadi. Parazitning tuxumlari asosiy xo'jayini o't suyuqligi orqali ichakka va imdan axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. Molluska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga aylanadi va molluska jigariga o'rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediyalar hosil bo'ladi. Rediyalar o'sishi bilan partenogenetik usulda ko'payib, serkariylar-ga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo'lib, molluska tanasidan suvga chiqadi va keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya'ni qo'shimcha xo'jayini - baliqlar terisi hamda jabralariga yopishib oladi. Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to'qimalari orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga aylanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo'jayinlar parazitni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi qovurilmagan kasal baliqlarni yesa, parazitni o'ziga yuqtiradi.