Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi



Yüklə 82,51 Kb.
səhifə49/50
tarix13.04.2023
ölçüsü82,51 Kb.
#97058
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u

63._Gigant tikanbosh -makrakantorinx(Macracanthorhynchushirudinaceus)o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho’chqada parazitlik qiladigangigant tikanbosh - makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo’lib, u uy
va yovvoyi cho’chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka ichaklarida parazitlik
qiladi.Makrakantorinxus asosan, G’arb mamlakatlarida, MDH ning Yevropa qismida va
Uzoq Sharqda tarqalgan. Ayrim xo’jaliklarda makrakantorinxoz qo’zg’atuvchisi bilan
cho’chqalar 100 % gacha kasallanishi mumkin. Kasallangan cho’chqalarning
taxminan uchdan bir qismi halok bo’ladi. Macracanthorhyuchus hirudinaceus ba’zan
it va odamlarda ham parazitlik qilishligi aniqlangan.Makrakantorinxusning tanasi uzunchoq, dumi birmuncha ingichka, boshtomoni esa yo’g’onlashgan bo’ladi. Urg’ochilarining uzunligi 68 sm gacha boradi.Bosh tomonida xartumi bo’lib, 5 qator orqaga qayrilgan 36 ta ilmoqlari bor.
Ilmoqlarining uzunligi 0,16 mm ga yetadi. Uzunligi 7-15 sm bo’lgan erkak
makrakantorinxuslarning tanasi vergul shaklida.Urg’ochilarining jinsiy apparatlari birmuncha murakkab tuzilgan. Faqatginayosh makrakantorinxuslarning tuxumlari bor. Urg’ochi makrakantorinxuslarcho’chqaning ingichka ichagida akantorasi bor tuxumlarini qo’yadi. Yetilgantuxumlar asta-sekin juda murakkab tuzilgan urug’don yo’llari orqali cho’chqaning
ichagiga va tezagi bilan tashqi muhitga chiqariladi. Yetilgan tuxumlari oval shaklida
uzunligi 0,08-0,101 mm atrofida bo’ladi. Tuxumning tashqi yupqa pardasi rangsiz,
ikkinchi qavati qalin, to’q qo’ng’ir tusda, notekis chuqurchalari bo’lib, bodom
danagining po’stini eslatadi.Makrakantorinxnihg oraliq xo’jayinlari may qo’ng’izlaridan - Melolonthahippocastani turi, tilla qo’ng’izlardan - Ustonia anrota va Ziocola orvitarsis turlari
hamda shoxli qo’ng’iz va go’ng qo’ng’izlarining lichinkalari, g’umbaklari va voyaga
yetganlari hisoblanadi. Tezak bilan tashqi muhitga tushgan tuxumni may qo’ng’izlari va tilla
qo’ng’izlarning lichinkalari yutib yuboradi. Ushbu oraliq xo’jayinlar ichagiga
tushgan akantora tuxumi po’stini yorib, ichak devorini teshib qo’ng’iz lichinkasining
tanasiga o’tadi, bu yerda rivojlanib akantora preakantellaga va u o’z navbatida
yuqumli (invazion) holatdagi akantellaga aylanadi. Makrakantorinxlarning oraliq
xo’jayinlari tanasida rivojlanish muddati yil fasliga bog’liq. Agarda qo’ng’iz
lichinkalari iyul yoki undan keyingi oyda zararlansa akantella 12-13 oydan keyin
rivojlanadi.

Yüklə 82,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin