Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Mikroorganizmlarning geologik faoliyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
fosfor

2.2. Mikroorganizmlarning geologik faoliyati
Barcha tirik organizmlar yig‘indisi planetamizning biomassasini tashkil etadi. Biosfera — yer qobig‘ining tiriklik bo‘lgan ustki qavatidir. Biosferada o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va odamlarning geologik faoliyati namoyon bo‘ladi.
Biosferaning yuqori chegarasi 10 km bo‘lsa, u butun quruqlikni, pastliklarni o‘z ichiga oladi, okeanlardagi chegarasi 4—10 km chuqurlikkacha tushadi. Biosfera biomassasini ko‘paytirishda o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning ahamiyati katta. V. I. Vernadskiy fikricha, tog‘ jinslarining o‘zgarishida mikroorganizmlar kuchli agentlardan biri bo‘ladi, chunki juda tez ko‘payishi, ko‘p miqdordagi moddalarni o‘zgartirib, hayoti uchun zarur bo‘lgan energiyadan foydalanishi bilan xarakterli. Masalan, temir bakteriyalari 1g tanasini qurish uchun 464g FeSO3 ni, ammonifikatorlar 20g NN3, nitrifikatorlar 72g NNO2 ni oksidlashi kerak bo‘ladi. Turushlar bir necha yuz tonnalab mahsulotlarni o‘zgartirib, spirtga aylantiradi.
Cho‘kindi moddalar hosil bo‘lishi organik olamning hosil bo‘lish protsessi bilan chambarchas bog‘liqdir. Yerda hayot paydo bo‘lmasdan oldin barcha moddalar erigan holda ma’lum bir konsentratsiyaga yetguncha dengiz suvlaridan to‘planib borgan. Keyinchalik tirik organizmlar o‘z tanasini qurish uchun suvdagi Са, Р, С, S, Si va boshqa elementlardan foydalangan. Bular nobud bo‘lganidan so‘ng ohaktosh, fosforit, oltingugurt, toshko‘mir, neft va gaz qatlamlarini hosil qilgan. Bir guruh mikroorganizmlar bir tomondan tog‘ jinslarini hosil qilsa, ikkinchi tomondan ularni parchalab turgan. Masalan, granit mexanik nurash (ya’ni temperaturaning keskin o‘zgarishi) yo‘li bilan kichikroq bo‘laklarga ajraladi. Ximiyaviy faktorlar - СО2 vа Н2О bu bo‘laklarni yanada yemiradi va kaliy hamda natriyning suvda eriydigan karbonat tuzlarini hosil qiladi. Erimaydigan kaolinni (tuproqni) suv boshqa joylarga oqizib ketadi. Granit ustiga oz miqdorda bo‘lsa ham tushib qolgan organik modda shu yerda saprofit bakteriyalarning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. O‘z navbatida saprofit bakteriyalar organik moddalarni parchalab, СО2 ajratadi. Bu СО2 tog‘ jinslarini yanada yemiradi. Bulardan tashqari, tog‘ jinslari ustida mikroorganizmlar ham paydo bo‘lib, ular HN3 hosil qiladi, bular uchun kerakli bo‘lgan СО ni saprofit bakteriyalar hosil qiladi. So‘ngra ba’zi bir yashil suvo‘tlar paydo bo‘ladi, ba’zilari atmosfera azotini o‘zlashtira olsa, ikkinchilari azotfiksator bakteriyalar bilan birga yashab, lishayniklarni vujudga keltiradi, bulardan keyin moxlar va asta-sekin yuksak o‘simliklar paydo bo‘la boshlaydi.
Shunday qilib, tog‘ jinslari yemiriladi va tuproqning chirindili qatlami vujudga keladi, chunki saprofit mikroorganizmlar o‘simliklar qodoldig‘ini parchalab, gumus hosil qiladi.
Tauson ko‘rsatganidek, mikroorganizmlarning ba’zi gruppalari neft, fenollar, parafin, naftalin va boshqa mahsulotlarni o‘zlashtira olishi bilan saprofitlardan farq qiladi. Uning aniqlashicha, mikroorganizmlar faoliyati natijasida СО2 hosil bo‘lar ekan. U dengiz sathidan 3—4 km yuqorida Pomir va Kavkaz tog‘laridagi toshlar ustida qora dog‘larni ko‘radi. Bu qora dog‘larni tekshirganda ko‘k-yashil suvo‘tlar bilan bakteriyalar qoldig‘i ekanligini aniqlaydi. U ko‘k-yashil suvo‘tlar orasidan azotobakter hujayralarini topadi. Demak, ko‘k-yashil suvo‘tlar atmosferadan СО2 ni o‘zlashtirgan va o‘z tanasini qurgan hamda azotobakterga ozuqa yetkazib bergan. O‘z navbatida azotobakter atmosferadagi azotni o‘zlashtirib, suvo‘tlarni azot bilan ta’minlagan, bu o‘ziga xos simbiozdir.
Keyinchalik esa ko‘k-yashil suvo‘tlar va bakteriyalar nobud bo‘lib, organik modda hosil qilgan. Saprofitlar esa organik moddalarni parchalab, СО2 ajratgan. СО2 boshqa faktorlar bilan birgalikda tog‘ jinslarini yemirgan. Ayniqsa, ohaktoshli jinslarning tez yemirilishida saprofit bakteriyalarning roli nihoyatda katta bo‘lgan. Bu bakteriyalar СО2 dan tashqari, oksalat, sirka, sut, limon va boshqa organik kislotalar hosil qiladi, bu kislotalar o‘z navbatida СаСО3 ni tez yemiradi.
Tog‘ jinslarining yemirilishida saprofitlardan tashqari, avtotroflardan: nitrifikatorlar, oltingugurt bakteriyalari va boshqalar ham qatnashadi. Avtotroflar saprofitlarga qaraganda oxaktoshlarni 8 marta tez yemiradi. Oltingugurt bakteriyalari hosil qilgan H2SO4 ham tog‘ jinslarini yemiradi. Sulfid rudalaridan: pirit (FeS2), alkopirit (CuFeS2), molibdenit (MoS2) va boshqalar hosil bo‘lishida Thilobacillus ferroxydans, Th.thiooxydans ishtirok etadi. Barcha ohaktoshlarning 90% mikroorganizmlar tomonidan hosil bo‘lgan. Bunda ayniqsa bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘larning ahamiyati katta.
Mikroorganizmlar ohaktoshlar hosil qilishi uchun, muhitda ularning tuzlari bo‘lishi kerak, dengiz suvida esa kalsiy tuzlari doim yetarli bo‘ladi. O‘z navbatida saprofitlar ohaktoshlarni parchalab turadi. Demak, mikroorganizmlar ohaktoshlarni ham hosil qilishi, ham parchalashi mumkin ekan. Bunday nitrifikatorlar selitra konlarini ham hosil qilishi mumkin.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin