2.3. Tabiatda fosforni aylanishida mikroorganizmlarning ishtiroki
Yerdagi moddalar hamma materiya kabi harakatda bo‘ladi. Bu harakatning tavsifli xususiyati uning davriyligidir. Davr yerdagi moddalarning elementar aylanishini tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Aylanishlarning katta (geologik, abiotik) va kichik (biologik, biogen, biotik) turlari hamda ayrim elementlar va ularning birikmalarini aylanishlariga bo‘linadi. Aylanishni harakatlantiruvchi kuch Quyosh energiyasi va qisman Yerning ichki issiqligi hisoblanadi.
Klark litosferada fosforning (tarkibini) uncha yuqori bo‘lmagan -9·10-2 tirik organizmlarda uning miqdori bir muncha kamligi -7- 10-2 %, shunday bo‘lsada, ayni ular cho‘kindi jinslarda (fosfaritlar qatlami ko‘rinishida ustunligi) bu elementning katta miqdori, raqam bilan baholanganda 1011 –1012 t yig‘ilgan. Fosforning birikmasi (kalsiyli yoki fosforli birikma) suvda yomon yoki juda yomon yeriydi, xususan ishqorli muhitda, shuning uchun tuproq zarrachalari ushlasada, biroq o‘simliklar uchun yerishib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. Ishqorlanishi oshishi bilan fosfatning yeruvchanligi o‘sadi. Suvda ortofosforli kislota H3PO4 juda yaxshi yeriydi; xuddi shunday degidrofosfat suvda yeriydi, masalan kalsiy fosfati a Ca (H2PO4)2..
Fosforning aylanish sabablari yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tuproqda sekinlashgan (aylanish uzoqligi 200 yil) va suv muhitida tezlashgan (10 minutdan to bir necha soatgacha). Fosforning past yerishi va migratsion qobiliyatiga qaramasdan, afzalligi shuki doimo quruqlikdan dengiz va okeanga, chidamli quyqa moddalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Biroq fosfor tirik organizmlar oqsil hosil qilish uchun hayotiy zarur element hisoblanadi. Shuning uchun uning tuproqdagi zahirasini doimo to‘ldirib borishga to‘g‘ri keladi. Atrof muhitni fosfor tarkibi bilan oshirib borishga yo‘naltirilgan inson faoliyatini V.A. Kovda quruqlikni fosfatizatsiyalash deb atagan (6.3 – rasm).
Hozirgi paytda inson oddiy va ikkilamchi superfosfat ko‘rinishidagi kalsiy degidrofosfat tarkibli fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqadi (apatit va fosforit minerallaridan); fosforga hisoblaganda, bu o‘g‘itni yillik ishlab chiqarish 30·106 t. ga yetadi. Fosforning katta miqdori (5·104 t.) baliqlar organizmida mavjud. Biroq haddan tashqari fosforli o‘g‘itlarni va fosfor tarkibli yuvuvchi vositalar muhitga sezilarli zarar keltirishi mumkin.
Fosfor birikmalarining o‘zgarishi ancha sodda bo‘lib, asosan ikki jarayondan.(1) organik fosforning minerallanishi va (2) fosfor tuzlarining kam eruvchan shakldan ko‘p shakldan eruvchan shaklga utishdan iborat.
Organik fosforning minerallanishi chirituvchi mikrorganizmlar (Vas megatherium va boshqalar) ta’sirida amalga oshadi va odatda fosfor kislotaning organik birikmalardan gidrolitik yo‘l bilan quyidagi sxemaga muvofiq ajralib chiqishdan iborat bo‘ladi.
1. Nukleoproteid- nuklein kislota nukleotidlar- H2PO4
2. Lesitin-gliserofosfat efirlari - H2PO4
Organik fosforning parchalanishi natijasida fosfot kislota hosil bo‘ladi. Bu kislota tuproqdagi asoslar bilan tez birikadi va odatda qiyin eriydigan, o‘simliklar oziqlanishiuchun kam yaraydigan kalsiy, magniy va temir tuzlariga aylanadi. Bu tuzlarning oziqlik sifati eruvchanligiga bog‘liq bo‘lganligidan ularning erishga yordam beradiga har bir jarayon tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ijobiy jarayondeb hisoblanadi
Fosfotlarning erishdi nitrifikasiyalovchi bakteriyalarning ham hissasi katta. Tion va boshqa bir qancha bakteriyalar shunday xususiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |