Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
fosfor

Tion bakteriyalar. Tion bakteriyalar alohida gruppani tashkil etadi, ular Н2S dan Nа2S3Об yoki Nа2S2O3 yoki Н24 hosil qiladi, lekin hujayralarida oltingugurt to‘plamaydi. Bu bakteriyalar sho‘r suvlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda uchraydi. Asosiy vakili tayoqchasimon — Thilobacillus thioporus spora hosil qilmaydi, avtotrof, S ni Н24 gacha oksidlaydi. Tuproqda boshqa vakili Th.thioxidans ham uchraydi. Avtotroflardan tashqari, tipik geterotrof — Vas.subtilis (pichan batsillasi) ham S ni oksidlaydi.
Tuproqda sulfatlarning to‘planishi bilan bir qatorda ularning parchalanishi — desulfofikatsiya ham sodir bo‘lib turadi; eng muhim vakillaridan biri 1947 yili topilgan Th.ferroxydans — tayoqchasimon bakteriya bo‘lib, uzunligi 0,8-1 mkm diametri 0,4 mkm. Bu bakteriya kislotali muhitda FeSO4 ni Fe2(SO4)3 gacha oksidlaydi, ya’ni xemosintez protsessini amalga oshiradi:
4FеSО4+ 2Н2SO4 + О2 →2Fе2(SО4)3 + 2Н2О

Bakteriyalar 120g FeSO4 oksidlaganda 16,06 mg uglerod o‘zlashtiradi. Shu bilan birga S ni N2SO4 gacha oksidlaydi. Bu bakteriya kislotali muhitli ko‘mir va oltingugurt konlarida uchraydi va piritning oksidlanishida muhim ahamiyatga ega:


FеS2 + Н2О + 3,5O2 →Fе2(SО4)3 + Н24


kislotali muhitda ximiyaviy oksidlanish protsessi bormaganligi tufayli keyingi oksidlannsh Th.ferrooxydans ishtirokida boradi:


2FеSO4 + 0,5O2 + Н24 →Fе2(SО4)3 + Н2О


keyinchalik FeS2 ximiyaviy yo‘l bilan oksidlanadi va S hosil bo‘ladi, uni Th.ferrooxydans N2SO4 gacha oksidlaydi:


S + 1,5O2 + Н2O→ 2Н+ + O4-- + S6+



Bu bakteriya sulfidli rudalarni oksidlab, sulfatlarga aylantirishda muhim ahamiyatga ega. U hatto xalkopirit (SiFeS2), molibdenit (MoS2) va boshqa sulfidli minerallarni ham oksidlaydi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin