Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə10/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
fosfor

III. Eksperimental qismi
3.1. Tadqiqotni maqsad va vazifasi

Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi.


Tajribaning maqsadi: Tajribani o‘tkazishdan maqsad tabiatda fosfor, oltingugurt, temirni aylanishida mikroorganizmlarning ishtirokini aniqlashdan iborat.
Tajribaning vazifasi quyidagilardan iborat:
- Tabiatda fosforni aylanishida mikroorganizmlarning ishtirokini o‘rganish;
- Tabiatda oltingugurtni aylanishida mikroorganizmlarning ishtirokini o‘rganish;
- Tabiatda temirni aylanishida mikroorganizmlarning ishtirokini o‘rganish;


3.2. Tadqiqot olib borish usullari va joylari
Tadqiqot uslublari. Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi. Tajriba davomida laboratoriya sharoitida tuproqdagi fosfor, oltingugurt, temirni aylanishida mikroorganizmlarning ishtirokini aniqlashga aniqlik kiritdik.
Bakteriologik laboratoriya tahlilida qo‘llaniladigan jixozlar
Bakteriologik laboratoriya tahlillarini o‘tkazish uchun maxsus jixozlar, apparatlar : mikroskop, binokulyar, sentrifuga, termostat, quritish shkaflari, xolodilnik, avtoklav, Kox apparati, distelator, pro birkalar uchun chelak,texnik torozi, probirkalar uchun shtativlar, qumli soat, vegetatsion tuvaklar va o‘simliklarni zararlash uchun vegetatsion uychalar zarur. Bundan tashqari mayda jixozlardan britva, skalpel, pinset, nina, mikrobiologik ilgak, qaychi kabilar zarur.
Oziqa tayyorlash uchun 1,2,3 litrlik kastrullar, gusht qiymalagich, termometr, plitkalar kerak.
Tadqiqotlarni amalga oshirish uchun shisha labora-toriya jixozlaridan: probirkalar, Kox va Petri likop-chalari, har hil xajmdagi Erlenmeyer kolbalari tayyor-lanadi. Shuningdek buyum va qoplag‘ich oyna, botiq oyna, kimyoviy stakanlar, o‘lchash silindrlari, tomizg‘ichlar, pipetkalar, shisha voronkalar, shisha tayoqchalar, farforli likopchalar va bankalar, hovoncha lar, spirtovka, tuproq elakchalari, shtativlar, emalli kyuvetalar, paxta, doka, filtir qog‘ozlari zarur.
Reaktivlar: 96 % li etil spirti, agar agar, glitse-rin, benzin, formalin, immersion yog‘, jelatina, pepton, kartoshka kraxmali, osh tuzi, selitra, soda, lakmus qog‘ozi, fuksin, yod, kaliy, natriy, magniy,
Laboratoriya idishlarini tadqiqotlarga tayyorlash davrida yahshilab yuvilgan bo‘lishi va uning davori da yog‘ tomchilari bo‘lmasligi kerak. Shisha idishlarning toza yuvilganligiga ishonch xosil qilish uchun unga suv solib chayib tashlangandan keyin tubini tepaga to‘ntarish kerak. Agar suv tomchilar idish devori bo‘y lab yupqa plyonka xosil qilib oqishi uning toza yuvilganligini, idish yomon yuvilgan bo‘lsa idish devorida tomchilar xosil bo‘ladi. Foydalanilgan shisha idishlar bir kun osh tuzi eritmasida ivitib qo‘yilandan keyin sodali va sovunli suvda yuviladi.
Yangi shisha idishlar bakteroiologik taqiqot larda foydalanishdan oldin 1 % solyaniy kislota qaynatilib keyin sovuq suvda yuvib tashlanishi kerak. Ichida oziqa muxiti saqlangan idishlar yuvishdan bir kun oldin kaustik sodada ivitilib qo‘yilish va xromli yoki margansovka kaliy eritmasida ishlov berilishi kerak. Xromli eritma shisha idishlarning ¼ xajmida solinib, sekin yuvib chiqiladi. Bu eritmani bir necha marta foydalanish mumkin. Eritma rangi qizil rangdan yashil rangga o‘tib qolganda foydalanish mumkin emas.
Margansovka kaliy eritmasi bilan ishlov berilan shisha idishlar devorida qo‘ng‘ir rang xosil qilishi lozim. Bu rang shavel kislotasi yordamida olib tashlanadi va toza suvda yuviladi.
Ko‘rsatilgan eritmalarda yuvilgan idishlar 5 marta vodprovod suvida yuvilgandan keyin quritish shtativiga yoki quritish shkafida 500 S haroratda quritiladi. Buyum va qoplag‘ich oynalar xromli eritmada 2 soat ivitilgandan keyin toza suvda yuviladi. Tozalangan shisha idishlar 96 % li spirtda saqlanishi kerak.
Pipetkalarni yuvishdan oldin tog‘oraga solib sovunli suvda 20 minut qaynatiladi. Tozalangan pipetkalar dastlab vodoprovod suvida keyin distilirlangan suvda yuvib tashlanadi. Yuvilgan va quritilgan pipetkalar yuqori tamonidan paxta bilan yopib qo‘yiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin