Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
fosfor

1. Ca3(PO4)2+4HNO3-Ca(H2PO4)2+2Ca(NO3)2
2. Ca3(PO4) 2+2H2SO4=Ca(H2PO4)2+2CaSO4
3. Ca3(PO4)2+2CO2+2H2O=CaHPO4+Ca(HCO3)2


2.4.Tabiatda oltingugurtni aylanishida mikroorganizmlarning ishtiroki
Oltingugurtning tabiatda aylanishi. Oltingugurt tuproqda anorganik va organik birikmalar shaklida uchraydi. Anorganik birikmalaridan СаSO4 . 2О; Nа2SO4; FeS2; Na2S; ZnS va boshqalar keng tarqalgan. Organik birikmalar (sulfagidril SN, disulfid S—S gruppalari), aminokislotalar (sistein, sistin, metionin), oqsillar va ba’zi bir vitaminlarda (tiamin, biotin) uchraydi. Yuksak o‘simliklar oltingugurtni faqat sulfat kislotaning anioni (SO4) shaklida qabul qiladi. Chirituvchi bakteriyalar o‘simlik va hayvonlar qoldig‘ini parchalab, oltingugurtni H2S shaklida ajratadi. Tuproqda, suvda uchraydigan disulfur bakteriyalar tuzlarni qaytaradi. Bularga Microspira desulfuricans, Desulfovibrio desulfuricans lar misol bo‘ladi. Bu bakteriyalar bir xivchinli harakatchan vibrionlarga o‘xshash bo‘ladi.
Bakteriyalar organik moddalarni parchalaganda atomar holdagi «N» hosil bo‘ladi, bu «H» sul’fatlarni qaytaradi:

С6Н12О6 + 6Н+ +3SO4- - → 6СО2 + 6Н2О + ЗН2S + 175 кЖ


Chirituvchi va sulfat redutsirlovchi organizmlarning faoliyati natijasida vodorod sulfid to‘planadi. Shunday usul bilan suv havzalarida, ko‘llarda, dengizlarda N2S to‘planadi. Masalan, Qora dengizda 200metr chuqurlikda shuncha ko‘p mikdorda N2S hosil bo‘ladiki, bu yerda faqat anaerob bakteriyalargina yashay oladi, qolganlari yashay olmaydi.


Tuproqda, suv havzalarida to‘plangan N2S oltingugurt bakteriyalari tomonidan oksidlanadi. Bu bakteriyalarni 1887 yilda Vinogradskiy aniqlagan. Bakteriyalar avvaliga N2S ni S gacha, keyin N2SO4 gacha oksidlaydi:

2S + О2 = 2Н2О + S2


S2 + 2Н2О + ЗО2 = 2Н24 + 479 кЖ

Ajralgan energiya СО2 va Н2О dan organik modda sintezlanishi uchun sarflanadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin