Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Tabiatda temirni aylanishida mikroorganizmlarning ishtiroki



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə9/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
fosfor

2.5. Tabiatda temirni aylanishida mikroorganizmlarning ishtiroki
Temir bakteriyalari. 1888 yilda Vinogradskiy temir bakteriyalarida uchraydigan xemosintez protsessini kashf etdi. Bu bakteriyalar chuchuk va sho‘r suvlarda ko‘p tarqalgan bo‘lib, ikki valentli temir tuzlarini o‘zlashtirib, temir gidratlar hosil qiladi:
FеСО3 + 6Н2О + О2 = 4Fе(ОН)3 + 4СО2 + 167 кЖ
Temir bakteriyalari ko‘l va botqoqliklarda temir rudalari hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Uzoq vaqtgacha bu bakteriyalarni aniqlay olmaganlar. B. V. Perfilev (1926—1927) ko‘l cho‘kindisidan temir bakteriyasini topgan va Sphaerothrix deb nomlagan (50, 51, 52-rasmlar). Keyingi yillarda (1952, 1961) u kapillyar - mikroskopiya metodidan foydalanib, cho‘kindi moddalardan yangi temir bakteriyasi - Metallogenium ni ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bakteriya tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, temir konlari hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Tabiatda Met. galionella mikoplazmalar shaklida tarqalgan. Temir bakteriyalari orasida kokksimon, tayoqchasimon va ipsimon formalar uchraydi. Ko‘pchiligi fakultativ avtotrof bo‘lib, ipsimon vakillari ko‘ndalangiga bo‘linib yoki harakatchan konidiyalar yordamida ko‘payadi. Mikroorganizmlarning atigi 0,1% agarli muhitda o‘sa oladi. Shuning uchun mikroorganizmlarni tekshirish ishlarida tabiiy sharoitga yaqin bo‘lgan sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda mikrobiologlar ko‘pincha shisha plastinkalarni ma’lum muddatga tuproqqa ko‘mib yoki suvga botirib qo‘yadilar, so‘ngra ularga yopishib qolgan mikroorganizmlarni tekshiradilar.
Mikroorganizmlarni tekshirishda mikroskopiya metodlari ham qo‘llaniladi ko‘pgina bakteriyalarning bioximiyasi, fiziologiyasi ana shu metod bo‘yicha o‘rganiladi. Lekin kapillyar mikroskopiya metodi kelgusida yana ham keng imkoniyatlarga yo‘l ochib beradi va undan mikrobiologiyaning boshqa tarmoqlarida ham foydalanish imkoni tug‘iladi.

1-rasm. Temir bakteriyalari: 2-rasm.Dictiobacter


a-Sladotrichs dichotomas,
b-Cealionclle feriginea, v-Spirillium


3-rasm. Caulobacter.

Perfilev kapillyar mikroskopiya metodidan foydalanib, ilgari noma’lum bo‘lgan yirtqich bakteriyalar gruppasini — temir bakteriyalarning yangi avlodi — Metallogenium ni topib, ularning fiziologiyasi va morfologiyasini o‘rgandi. Masalan, yirtqich bakteriyalardan Dictyobacter harakatchan, ovalsimon yoki yumaloq shakldagi koloniyadan iborat. Koloniyasi bir uchi qayrilgan tayoqchasimon hujayralardan tashkil topgan, ularning uzunligi 2—6 mkm, eni 0,7—1,2 mkm. Bu koloniya o‘zidan yirik bo‘lgan oltingugurt bakteriyalari bilan oziqlanadi, mabodo oltingugurt bakteriyalari bo‘lmasa, cho‘kmadagi eritmalar bilan ham oziqlanaveradi.


Yirtqichlardan yana biri Cyclobacter bo‘lib, koloniyasi yumaloq, hujayralari bir-biri bilan plazmodesmalar orqali bog‘lanadi. Bular 3—4 tadan to 30 tagacha bo‘lib birlashishi mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin