Revalvatsiya (revaluation) – milliy valyutalar kursini oshirish, pullarning
ichki bozordagi xarid qobiliyatini kuchaytirish ko’rinishidagi tuzatish.
Reyting (rating) - qiymatni baholash, aniqlash, moliyaviy holatni baholash;
sinf, tur, toifa qatoriga qo’yish.
Remitent (remettre) – o’tkaziluvchan veksel yoxud chek bo’yicha pul oluvchi.
Savdo balansini ijobiy saldosi (trade surplus) – hisobot davri oxirida eksport
bo’yicha jami daromadlar import bo’yicha xarajatlardan ustun kelgan.
Sanatsiya (sanatio) – moliyaviy va iqtisodiy tadbirlar tizimi bo’lib, firma,
bank, trestlarning bankrotligining oldini olish maqsadida o’tkaziladi.
Sanoat tsikli (business cycle) – iqisodiyotning turli rivojlanish bosqichlari; u
umumiy ishbilarmonlik faolligi oshishi va tushumlaridan, pasayishlaridan iborat.
Spred (spread) – birja spekulyatsiyasi bo’lib, xuddi o’sh bir mahsulotning turli
muddatlari uchun kotirovkalar o’rtasidagi odatdagi nisbatlarning o’zgarishidan foyda
ko’rish maqsadida o’tkaziladi.
Subventsiya (subvenire) – ayrim sohalar va korxonalarga davlatning moliyaviy
yordami shakli.
Tarif (tariff) – xizmatlar ko’rsatish uchun to’lov (narx) stavkasi yoxud soliq
xizmatlari undiradigan boj stavkasi.
Transfert (transfer) – pul mablag’larini bir bank hisob raqamidan boshqasiga
o’tkazish.
Trassant (trassante) – trattani taqdim etuvchi, o’z to’lovlarini boshqa shaxsga
o’tkazuvchi shaxs.
Tratta (tratta) – o’tkaziluvchan veksel; chek yoxud boshq bir hujjat turi bo’lib,
uning egasiga ko’rsatilgan pul summasini olish huquqini beradi.
Faktoring (factoring) – debitorlarning to’lanishi lozim bo’lgan hisob raqamlari
garovi ostida mablag’larni avanslash.