Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Ishlab chiqarish omillari va natijalari



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

4.2. Ishlab chiqarish omillari va natijalari 
 
Aytganimizdek, iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday 
ishlab chiqarishda ikki omil; — shaxsiy-insoniy va moddiy-ashyoviy omillar ishtirok 
etadi. 
Shaxsiy-insoniy omil — bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo’lgan ish 
kuchi va uning faoliyatdir. 
Shaxsiy-insoniy omil mehnatga layohatli aholi, uning jismoniy va aqliy 
qobiliyati, bilim va saviyasi, malaka va mahoratidir. Mazkur aholi O’zbekistonda 
2002 yilda 12 million kishi edi. Bu omil insoniy qobiliyat bo’lgani sababli inson
shaxsi bnlan birgalikda, undan ajramagan holda namoyon bo’ladi va inson 
shaxsida gavdalanadi. 
Moddiy-ashyoviy omil — bu ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


32 
oddiy shakldagi vositalardir. 
Tadbirkorlik qobiliyati oddiy ish kuchidan farq qilib, ishlab chiqarishda 
boshqarishdan iborat bo’lgan alohida vazifani bajaradi. U tabiatan ishbilarmonlik 
bo’lib, alohida bir iste’dod, yuksak bilim, maxsus tayyorgarik va mas’uliyat 
mujassami demakdir. 
Tadbirkorlik qobiliyati moddiy omillar bilan birikmaydi, balki shu omillar 
bilan ish kuchining samarali birikishi, iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natija olinishini 
ta’minlaydi. 
Omillarning birikishi tufayli olingan mahsulot va xizmatlar ishlab 
chiqarishning natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulot ikki xil 
bo’ladi: birinchisi — natural mahsulot bo’lib, uni ishlab chiqaruvchining o’zi 
iste’mol etadi. Bu mahsulot ayirboshlash uchun bozorga chiqarilmaydi. Masalan, 
fermer xo’jaligida etishtirilgan donning bir qismi natural mahsulot bo’lib, 
xo’jalikning o’zida molga em yoki fermer oilasiga oziq-ovqat uchun ishlatiladi
ikkkinchisi — tovar shaklidagi mahsulot bo’lib, ishlab chiqaruvchining o’z iste’moli 
uchun emas, balki bozorda sotish uchun yaratiladi. Mahsulotni bozorda oldi-sotdi 
qilish uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish deb yuritiladi. Mana shu tovar 
ishlab chiqarish bozor iqtisodiyotining asosidir. 
Bozorda sotish uchun- chiqarilgan mahsulot va xizmatlar tovar deyiladn. 
Tovarning ikki xil xususiyati bor. Birinchidan, u kishilarning hayotiy ehtiyojini 
qondirib, ularga foyda keltiradi. Ikkinchidan, u boshqa tovarlarga almasha olish 
xususiyatiga egaki, bu uning almashuv qiymati deyiladi. Tovarning yaratilishidan 
tortib, to u iste’mol etilguncha bo’lgan jamiki mehnat sarfi tovarning qiymatini 
tashkil etadi. Ammo qiymatni aslo befoyda mehnat yaratmaydi. Agar mehnat 
kishilarga kerak bo’lgan mahsulotni yaratsa va me’yorida sarf etilgan bo’lsa, mana 
shunday mehnatni kishilar ma’qul topib tan oladilar, ya’ni mahsulotni sotib oladilar. 
Shu tarzda zarur deb topilgan, mehnat tovar qiymatini tashkil etadi (ilova 1,2). 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin