Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


18 
Internet veb-saytlari 
 
1. http:\\www.cer.uz –O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil iqtisodiy 
mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2. http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
3. http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
4. http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5. http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6. http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7. http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8. http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


19 
II-MAVZU. BOZOR TUSHUNCHASI VA TURLARI 
 
2.1. Bozor tushunchasi va uning vazifalari 
2.2. Erkin va monopollashgan bozor 
2.3. Bozorning turlari 
 
2.1. Bozor tushunchasi va uning vazifalari 
 
Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz 
beradigap joy gavdalanadi. "Bozorga boraman" deganda xam o’sha joyga borish 
tushuniladi, lekin ko’pchilik magazin, birja yoki auktsionni bozor tarzida xayoliga 
ham keltirmaydi. Bu tabiiy. Chunki, odamlarda shunday ko’nikma hosil bo’lgan. 
Aslida "Bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va 
bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsa-da, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor 
iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a’zosidir. Bozor 
faqat savdo sotuvdan iborat faoliyatni bildiradi. 
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan 
o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. 
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga 
bog’lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi 
qilish, ya’ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Pulsiz bozor bo’lishi mumkin 
emas. Bozor bo’lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli 
bo’lishi talab qilinadn. Sotuvchi o’z tovarini yaxshi qo’llasa, xaridor esa kerakli 
tovarni ma’qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga 
intiladi. Хo’sh, kim sotuvchi-yu, kim xaridor? Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim 
bo’lishidan qati nazar (iste’molchi, fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi 
bo’lsa. boshqa bozorda xaridor vazifasini o’taydi. 
Хaridorda tovarni malum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa 
tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma’lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir. 
Хaridorlar va sotuvchilar har doim bir-birlarining hojatini chiqarib, hamkorlik 
qiladilar, kerakli tovariing narxini kelishib, o’zaro iqtisodiy murosaga keladilar. Bu 
bozordagi murosa deyiladi. 
Uy xo’jaliklari, birinchidan, oddiy iste’molchilardan (masalan,oila yoki yakka 
odamdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular xaridor sifatida bozordan 
tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, er va pul mablag’ini bozorga 
chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, er ko’chmas mulk bozorida, pul esa 
moliya bozorida (bank orqali) sotiladi (bular birgalikda resurslar bozori deyiladi). 
Uy xo’jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar 
bozoriga chiqarib, u erdan ists’mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi 
firmalar, fermer xo’jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. 
Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko’radilar. Ular resurs bozoridan ish 
kuchi, xomashyo, er va qarz puli topadilar, ya’ni ularni sotib oladilar. Ayni paytda 
ular bozorga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. 
Davlatga kelsak, u ham uy xo’jaliklaridan va tovar ishlab chiqaruvchilardan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


20 
tovar olib, ularga pul beradi, ammo ulardan yana pul ham oladi. Bu undirilgan 
soliqlardir. Davlat tovarlarni maxsus buyurtma orqali oladi. Bunga misol qilib 
mamlakatimizda amalda bo’lgan paxtakorlarga beriladigan davlat buyurtmasini olish 
mumkin. Unga binoan belgilangan miqdordagi paxta davlatga etkazib beriladi
paxtaning qolgan qismi erkin narxlarda sotiladi. 
Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir 
sotish kerak. Demak, xaridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o’tashi lozim. Uy 
bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go’yo hech narsa 
sotmadi. To’g’ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin 
sotilgan tovarning xaqi. Masalan, uning oila a’zolari o’z ish kuchini firmaga yoki 
davlatga sotib, ish xaqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila 
bankka pul quygan bo’lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara xaqi oladi. 
Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo’lib, xarid etish operatsiyasi keyin 
bo’lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin. 
Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo’lsa, 
u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari
bozorda o’z xizmatini sotadi. Bu xizmatning xaqi olinadigan soliqlar 
hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib 
oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiy 
aloqalarni o’rnatadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin