Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
Internet veb-saytlari 
 
1. http:\\www.cer.uz –O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil 
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2. http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
3. http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
4. http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5. http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6. http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7. http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8. http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


47 
VII-MAVZU. IQTISODIY RAQOBAT TUShUNChASI 
 
7.1. Iqtisodiy raqobat mazmuni 
7.2. Raqobat va baho 
7.3. Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch 
 
7.1. Iqtisodiy raqobat mazmuni 
 
Bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uning taraqqiy etishiga katta ta’sir 
ko’rsatuvchi raqobatdir. Raqobat kurashining ahamiyati shunchalik yuqoriki, usiz 
bozorni tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, u bozor iqtisodiyotining mazmunidir. 
Bozor sharoitidagi raqobat iqtisodiy raqobat bo’lib, u iqtisodiy jarayonda yuz 
beradi. Undagi asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin faoliyat sharoitini 
yaratish, har bir ishtirokchi o’z harakati uchun zarur muhit va holatni ta’minlash 
bilan bog’liq bo’lgan kurashdan iboratdir. Har bir bozor ishtirokchisining kerakli 
ishlarni boshqalarga nisbatan muvaffaqiyatli hal qilishi, buning uchun zarur 
sharoitlarni oldindan va o’z vaqtida yarata olishi, doimo ustunlikka ega bo’lishi 
kabilar iqtisodiy raqobat kurashining mazmunini tashkil qiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga qatnashuvchilar bir-biri uchun raqib hisoblanib, o’zaro 
kurash olib boradilar. Alohida-alohida holdagi ishtirokchilarning bir-birlari 
o’rtasidagi kurashi umuman bozor iqtisodiyoti bilan yakunlanadi. 
Iqtisodiy raqobat kurashida qatnashuvchilar bir-birlarini shaxsan bilishlari, 
tanish bo’lishlari zarur emas. Buning uchun avvalo bozor xususiyati, uning harakat 
qonuniyatlarini yaxshi bilgan, sezgan holda faoliyat ko’rsatish asos bo’lib xizmat 
qiladi. 
Ma’lumki, har bir narsada, har qanday sharoitda tezroq, ertaroq, har 
tomonlama o’ylab harakat qilgan oldin ulgurganidek va to’la maqsadga erishganidek 
raqobat kurashida bozor masalalarini hal qilish ham shunga o’xshab ketadi. 
Raqobat kurashida barcha ham muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo’lmaydi. 
Bu tajriba, bilim, matonat, tavakkalchilik va albatta, yirik sarmoyaga ega bo’lishni 
talab qiladi. 
Raqobat kurashi keng mazmunli, ko’p qirrali bo’lib, bozor iqtisodiyotining 
barcha davrlari, sohalari, tarmoqlarida yuz beradi. Raqobat kurashiga bardosh bera 
oladigan shaxsgina bozor taraqqiyotiga ko’p hissa qo’sha oladi. 
Raqobat kurashining asosiy mazmuni xaridorlarni o’ziga ko’proq jalb etish 
sharoitini yaratishdir. Chunki, har bir tadbirkorning molini sotib oladigan xaridor 
ko’p bo’lsa, u sotish muammosini tezroq hal etadi, ishi tezlashadi, yuqori foyda 
oladi. Sarmoyasi qancha tez qaytib, tez harakatda bo’lsa, shunchalik ko’p mahsulot 
ishlab chiqarishga, ko’proq sotishga muyassar bo’ladi. 
Tadbirkor uchun kurashdagi eng muhim narsa zarur tovarni, xizmatni o’z 
vaqtida ko’proq ishlab chiqarish va xaridorga tezroq etkazishdir. Bu jarayonda 
boshqalarga nisbatan oldinroq ulgursa, albatta u bu kurashda g’olib chiqish 
imkoniyatini qo’lga kiritgan bo’ladi. Bu, birinchi navbatda, bir xil tovar ishlab 
chiqaruvchilar va bir xil xaridorlar o’rtasidagi kurashdir. Shuning uchun ham 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


48 
raqobatdagi harakatning keng hajmlisi bozor uchun, tovarni muvaffaqiyatli sotish 
uchun bo’lgan kurashdir. 
Raqobat kurashi iqtisodiy faoliyatning boshqa tarmoq va sohalarida ham yuz 
beradi. Masalan, xomashyo uchun kurashni olaylik. Ma’lumki, bu ishlab chiqarishda 
katta ahamiyat kasb etadi. Kerakli xom ashyodan o’z vaqtida, kerakli miqdor va xissa 
olish uchun harakat qilish umumiy muvaffaqiyat uchun zarur shartdir. Yuqori 
samarali xomashyo joylarini qo’lga kiritish, arzon energiya uchun kurash katta o’rin 
egallaydi. 
Bulardan 
yana 
biri 
ish 
kuchi 
ta’minotidir. 
Yuqori 
ma- 
lakali, tajribali ishchi, xizmatchilarga ega bo’lish, ayniqsa tadbirkor, savdogar uchun 
juda kerak. Etarli miqdorda ularga ega bo’lish, kasaba uyushmalariga ta’sir etish uchun 
kurash raqobatda o’rinlidir. Demak, sotuvchilar, tadbirkorlar o’rtasidagi raqobat 
asosan xaridorlar, ish kuchi, xomashyo, material, ma’qul energiya xili uchun olib 
boriladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin