10
qo‘llanmalari,
tavsiyanomalari jumladan, J. Ikromovning «5-sinfda matematika
darsligi (dare ishlanmalari)», 6-sinf uchun «Matematika» o‘quv qo‘llanmasi,
«Geomstrik isbotlash metodlari», «Maktab matematika tili», «Maktab matematika
lugati», «Stereometrik mashklar sistemayei», «YAngi programma asosida
matematika o‘qitish» nomli ishlari, N. Faybullayevning «Maktabda mate-
matikadan ta‘limiy praktika» kitobi va 7-sinf «Geometriya» darsligi, E.
YAngiboyevaning 1, 2, 3 va 4-sinflar uchun «Matematika» darsliklari, SH.
Odilxo‘jayevaning «Darslik bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning mustaqil
faoliyatlarini shakllantirish» va «Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashda
didaktik materiallardan foydalanish» kabi metodik tavsiyalari nashr qilinadi. 1975-
85 yillarda ilmiy tadqiqotlar olib borib R. Vafoyev, E. Bozorova, E. YAngiboyeva,
J.Sultonov, K, Ostonovalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar.
Bo‘lim xodimlari yillar davomida institut tomonidan o‘tkazilgan va tashkil
etilgan qator pedagogik o‘qishlarda, shuning bilan bir qatorda 1994 yili
«O‘zbekiston Respublikasi davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish muammolari»
yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda, 1999 yilda o‘tkazilgan «YAngi
pedagogik texnologiyalar (muammolar, yechimlar)» ilmiy-amaliy anjumanida
hamda institut tomonidan nashrdan chiqqan barcha ilmiy to‘plamlarda o‘z
maqolalari bilan faol qatnashdilar.
Bu yillar mobaynida bo‘limda 100 dan ortiq aspirantlar,
ilmiy tadqiqotchilar
tahsil oldilar. Professorlar J. Ikromov, N. G‘aybullayev ko‘plab yosh olim va
olimalarga tadqiqot sirlarini o‘rgatib, O‘zbskistonda ta‘lim nazariyasi va
metodikasini ko‘tarishda faol qatnashadigan yuqori malakali kadrlar etib
yetishuvlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bo‘limda 3 ta fan doktori, 42 dan ortiq fan nomzodi kamol topdi. Bulardan
S. Alixonov D. Ulug‘xo‘jayev, K. Ostonov, M.Barakaev va boshqalar shular
jumlasidandir.
1995-98 yillarda bo‘lim fizika, astronomiya, matematika, informatika,
mehnat ta‘limi nazariyasi va metodikasi deb nomlanib, unga professor B.
Mirzaaxmedov rahbarlik qildi.
11
Bugungi kunda yangi darsliklar, metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar bilimiga
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish bo‘limning asosiy vazifasiga aylandi.
1997 yil tarixga maorif yili bo‘lib kirdi. ―Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ tasdiqlangach, institutda, xususan bo‘limda
umumiy o‘rta maktablar uchun davlat ta‘lim
standarti, maxsus o‘rta ta‘lim
muassasalari uchun DTS, dasturlar ishlab chiqildi. Ushbu xujjatlarni hayotga joriy
etish ishlari boshlab yuborildi. Bu vazifalarni bajarish asosan professorlar J.
Ikromov, A.Abduqodirov, pedagogika fanlari doktori M. Tojiyev, pedagogika
fanlari nomzodi E.Yangiboeva, ilmiy xodimlar SH. Yunusova va M. Divanovalar
zimmasiga tushdi. Matematika o‘quv fani uchun tajriba-sinov maydoni sifatida
Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan Xorazm viloyati Urganch shaxridagi 16-
maktab, ―Informatika va hisoblash texnikasi asoslari‖ o‘quv fani bo‘yicha tajriba-
sinov maydoni sifatida Namangan viloyat Namangan tumanidagi 8-maktab
belgilandi. Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta‘limi
vazirligi, Toshkent shahar xalq ta‘limi
bosh boshqarmasi, barcha viloyatlar xalq
ta‘limi boshqarmalarining buyrug‘i bilan respublikaning turli xududlarida
qo‘shimcha tarzda 14 ta umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida matematika hamda
informatika va XTdan tajriba- sinov ishlari o‘tkazildi. Sinov-tajriba ishlarini
o‘tkazishda ishchi guruhi raisining o‘rinbosari pedagogika fanlari doktori M.
Tojiev va ekspert sifatida ilmiy xodim SH.Yunusova ishtirok etdi. Bo‘limda ―Fan
va texnika davlat qo‘mitasi‖ning ―Ta‘limni boshqarishning algoritmik-kompyuter
tizimining didaktik va metodik asoslari‖ mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari
olib borilmoqda.
1998 yildan bo‘limga rahbarlik qilib kelayotgan
yosh olim pedagogika
fanlari doktori M. Tojiyev va fidoyi xodimlardan SH. Yunusova, M. Divanova
hamda professor A. Abduqodirov, professor D. V. Manesvich, akademik ULL K.
Farmonov oliy toifali o‘qituvchi K.Tulaboyev davlatimiz mustaqilligini
mustahkamlash uchun munosib yoshlarni tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shib
kelmoqdalar.
12
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan boshlab mamlakatda ta‘limni
tubdan isloh qilish zarurati tug‘ildi. 1997 yilda qabul qilingan "Ta‘lim to‘g‘risidagi
Qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ga ko‘ra O‘zbekistonda ta‘lim tizimi
qayta ko‘rildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda maktab matematika kursi darsligi va o‘quv
qo‘llanmalari SH.A.Alimov, M.A. Mirzaaxmedov, A.A.Raximqoriyev va
boshqalar tomonidan yaratilgan bo‘lib, ulardan amalda foydalanilmoqda.
Matematika o‘qitish metodikasini tuzilishiga ko‘ra ikki bo‘limga ajratib,
o‘rganiladi. Ular:
1)
Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bunda matematika fanining
maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari pedagogika
va psixologiya qonunlari
hamda didaktik prinsiplar asosida ochib beriladi.
2)
matematika o’qitishning xususiy metodikasida esa matematika o‘qitish
jarayonida umumiy metodikaning qonun va qoidalarini aniq bir mavzu
materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi. SHu xususidagi ilmiy-tadqiqot
ishlar hozirgi davrda keng qamrovli amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: