5
2) Lagranj algebraik tenglamalarni radikallarda
hal qilish problemasini
izlaganda tenglama ildizlarini ―gruppalash masalalarini‖ qaragan edi. Keyinroq
esa E.Galua gruppalar nazariyasini rivojlantirib, yuqoridagi problemani hal etdi.
So‘ng XIX asrda A.Keli gruppaga ta'rif berdi. S.Li esa uzluksiz gruppalar
nazariyasini yaratdi.1890 yilda E.S.Fedorov gruppalar nazariyasi kristollografiyaga
tatbik etdi. Hozirda esa gruppalar nazariyasi kvant
fizikasining ilmiy quroliga
aylangan.
Bulardan ko‘rinadiki matematika nafaqat o‘z-o‘zini rivojlantiradi, balki
boshqa fanlarning rivojlanishiga va aksincha boshqa fan yutuqlari asosida o‘zi ham
rivojlanadi.
Matematika metodlarini tabiiy fanlarga tatbiki;
1) U yoki bu hodisani mazmuniga mos keluvchi matematik masalani bayon
etish, ya'ni matematik modelini vujudga keltirish
va uni echishning metodini
topish;
2) Matematik modelni echish va uning forma va metodlarini takomillashtirish
va mantiqiy kamolotga intilish;
So‘ngi yillarda fan va texnikaning jadal rivojlanishi (kibernetika, hisoblash
texnikasi,...)
ekonomika,
boshqarish
sistemasi,
psixologiya
sohalarda
matematikaning roli yanada kuchayib ketdi. Matematika tarixi matematikaning
rivojlanish jarayonida ko‘pdan – ko‘p yorqin dalillar bilan bir qatorda qorong‘u
zulmat davrlarini boshidan kechirganligidan dalolat beradi. Haqiqatdan,
ham din
peshvolari din ta'limotiga mos kelmagan har qanday yangilikning yo‘q qilishga
yoki bo‘g‘ishga intilganlar. Faqat ayrim olimlarning katta jasoratigina fanni ilgari
siljishi uchun imkoniyatlar yaratib bergan.
Qadim davrda fan boylarning ermagi bo‘lgan.
O’rta asrlarda esa fan ko’p jihatdan boy-feodallarning manfaatiga, dinga
buysundirilgan. (Savdo ishlari, hosil bo’lish, meros bo’lish, o’zga yerlarni bosib
olish, ta'sir doiralarni kengaytirish).
Kapitalistik
jamiyatda
esa
ilmiy-tekshirish
institutlari,
markazlari,
laboratoriyalar monopoliyalar manfaatiga bo‘ysundirilgan. Shuning uchun
6
ularning ishlari ko‘p jihatdan ularga xizmat qiladi (ko‘proq foyda, ...)
va bir
tomonlama rivojlangan bo‘ladi. (XX - asrning 2-yarmigacha). Sotsializm
mamlakatlarida repressiya yillarida va turg‘unlik davrida bir tomonlikka
ekonomikani ilmiy planlashtirmaslikka ogishlash kup problemalarni keltirib
chiqardi.
Matematika fanida ilg‘or va reaksion kuchlarning kurashi har doim sinfiy
xarakterga ega bo‘lib kelgan. Ayniqsa tarixiy va filosofik
masalalarda bu yaqqol
ko‘rinib turadi .
Demak, matematika tarixini bilish fanni mantiqan va tarixan rivojlanishining
asosiy faktlarini va qonunlarini to‘g‘ri bilish va talqin qilish imkonini beradi,
sxolostikani bartaraf etadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: