1.4.
Mustaqillik va ta'lim tizimida islohotlar
Mustaqillik e'lon qilingan (1991 yil 1 sentyabr) dastlabki yillardanoq
O'zbekiston hukumati ta'limga ustivor soha sifatida e'tibor berib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy
asoslangan davlat siyosati mavjud bo'lib, u insonparvarlik va demokratik
tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirilgan.
Mustaqil Respublikamizda xalq ta'limi tizimi mazmunini yangilash va yangi
ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy,
iqtisodiy, ma'naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham
barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini
yaxshilash, ma'naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin
va farovon hayot barpo etishdan iboratdir.
Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati xalq
ta'limi tizimini tubdan isloh qilishni va milliy kadrlarga bo'lgan ehtiyojni tobora
ortib borayotganligini hisobga olib ta'lim tizimini ham yangilashni taqozo etar edi.
Shu maqsadda 1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X
sessiyasida ―Ta'lim to'g'risida‖ Qonun hamda ―Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi‖
keng muhokama qilindi va tasdiqlandi.
2. O'zbekiston Respublikasi ―Ta'lim to'g'risida‖gi Qonun va ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖.
―Ta'lim to'g'risida‖gi Qonun ta'lim, tarbiya fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va
har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini ta'minlash kabi qator dolzarb
vazifalarni belgilab berdi.
Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo'lib, unda har bir
siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohadagi islohotlar ham yangi ta'lim tizimida
bosqichma-bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta'lim sohasidagi islohotlar
ham yangi bosqichma-bosqich o'tish tamoyiliga asoslangandir. ―Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi‖ ham uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va
17
metodik asosi bo'lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta'lim
tizimini rivojlantirish bo'lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan,
erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir.
Shunga ko'ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy
madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish, uni
zamon talablariga javob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko'tarish
maqsadiga e'tibor berib borilmoqda.
Ta'lim sohasida ―Ta'lim to'g'risida‖ Qonun qabul qilinganligi, 1996—1997
yildan boshlab birinchi sinflarda o'qishning lotin yozuviga asoslangan yangi
alifboda dastur, qo'llanma, dasrliklarning yaratilganligi — bu ta'lim sohasida
qo'yilgan dastlabki odimlar edi.
O'tgan davrda yangi turdagi ta'lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o'quv
yurtlari qoshida litseylar ochildi. Qobiliyatli o'quvchilar chet ellarda ta'lim ola
boshladi. O'qituvchilar xorijiy davlatlarda bo'lib, ilg'or tajribalarni o'rganib kela
boshladilar.
Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika
institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o'quv
muassasalariga jalb etildi.
―Mahalla‖, ―Kamolot‖, ―Sog'lom avlod uchun‖, ―Nuroniy‖, ―Ulug'bek‖,
―Umid‖
jamg'armalari
ham
ta'lim
sohasini
rivojlantirishga
hissalarini
qo'shmoqdalar[12, 250-bet].
Mustaqillik yillarida Oliy ta'lim sohasida ham islohotlarni o'tkazish talab
qilina boshladi. Bularning barchasi hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar
Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta'lim tizimini isloh etilish, kadrlar
tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o'zgartirishlar kiritish maqsadida
maxsus komissiya tuzildi va natijada ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ hamda
―Ta'lim to'g'risida‖ Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi.
Bu ikki hujjatga binoan ta'lim tizimi isloh qilishni bosqichma-bosqich
amalga oshirish nazarda tutiladi:
18
Birinchi bosqich — o'tish davri. 1997—2001 yillar. Bu yillarda yangi talab
doirasida pedagog kadrlar tayyorlash, ta'lim standartlarini yaratish, o'quv dasturlari
ustida ishlash, umumta'lim maktablarini qayta qurish, o'rta maxsus va kasb -hunar
bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash va uzluksiz ta'lim tizimiga asos solish.
Ikkinchi bosqich — 2001—2005 yillarga mo'ljallanadi. Bu davrda milliy
dasturni to'liq amalga oshirish mo'ljallanadi. Uning ba'zi g'oyalari va qoidalariga
o'zgartirishlar kiritilish ham ko'zda tutilgan.
Uchinchi bosqich — 2005 yil va undan keyingi yillar bo'lib, islohot
tajribalari
tahlil etilib, umumlashtiriladi hamda kadrlar tayyorlash tizimi
takomillashtirilib, rivojlantirilib boriladi.
―Ta'lim to'g'risida‖gi Qonunga asosan Ta'lim O'zbekiston Respublikasi
ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e'lon qilindi.
Ta'lim sohasidagi davlatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
- Ta'limning uzluksiz va izchilligi;
- Umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
- O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalishini: akademik litsey va kasb-hunar
kollejida o'qishni tanlash ixtiyoriyligi;
- Ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- Davlat standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- Ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- Bilimli bo'lish va iste'dodni rag'batlantirish;
- ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg'unlashtirish.
Xalq ta'limining asosiy bo'g'ini — uzluksiz ta'limi tizimini tashkil etadi.
3. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi.
O'zbekiston Respublikasida quyidagi uzluksiz ta'lim tizimi asos qilib olingan.
Bola shaxsini sog'lom va etuk o'qishga tayyorlash maqsadini ko'zlaydi.
Mazkur ta'lim uch yoshdan olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk
shaklidan qat'iy nazar, boshqa xil ta'lim tashkilotlarida olib boriladi.
|