27
X U L O S A
Jamiyatning
taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi
shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday
holatda ham to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qila oladigan
malakali mutaxassis
qilib tayyorlash uchun faqat an‘anaviy uslublarga tayanib dars o‘tish yetarli
emas. Bu esa ta‘lim tizimida o‘ mentalitetini unutmagan holatda jahon
tajribasidan keng foydalanishni talab etadi.
Respublikamizda
iqtisodiyotni
erkinlashtirish
va bu sohadagi
islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga,
matematika fani sir-
asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan talablarni ham kuchaytirdi. Bu esa, o‘z
navbatida, to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasiga ega bo‘lgan matematiklar
tayyorlashnigina emas, balki ularni o‘qitadigan pedagoglar tayyorlashni ham
talab qiladi.
Matematik fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu
fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo‘llay olishi talab
etiladi.
Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarni ham chuqur
bilishi zarur bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o‘zlashtirish
bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda
mustaqil tanlash va qaror q a bul qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
Matematika darsida aqliy yuklamani oshirib borishi, hamda
o‘quvchini o‘tilayotgan materialni darsda faolligi
va qiziqishini butun dars
jarayonida oshirish kerakligi haqida o‘ylantirib qo‘yadi. Shuning uchun yangi
faol o‘qitish metodlarni va metodik usullarni, o‘quvchilar fikrini faollashira
olish, ularni mustaqil bilimga ega bo‘lishni ifodalashni o‘rgatilmoqda.
Matematikaga qiziqish uyg‘otish o‘qitish usulini yuqori darajasiga
va o‘quv ishini qanchalik bilan qurishiga bog‘liq. Darsda har bir o‘quvchi faol
va
zavq bilan ishlashi, hamda bilimga intilishini paydo bo‘lishi va
rivojlanishini boshlang‘ich nuqta qilib foydalanish, bilim olishga qiziqishini
chuqurlashtirishga e‘tiborli bo‘lish kerak. Bu ayniqsa o‘smir yoshdagilarga
28
muhim, qachon yana shakllantiriladi, faqat doimiy
qiziqishlari va shu yoki
boshqa fanga qiziqishini aniqlash kerak. Shu vaqtda matematikani jalb
qiladigan jihatlarini tanqid qilinishi tez bo‘lishi kerak.
Zero, akademik M.S. Salohiddinovning aytishlaicha: ―Matematikaning
bevosita amaliy tadbiqlaridan tashqari yosh avlodni har taraflama rivojlangan
yetuk kishilar qilib tarbiyalashda uning alohida o‘rniga ega ekanligini
ta‘kidlash zarur. Tahliliy mulohaza,
mantiqiy mushohada, fazoviy tasavvur,
abstrakt tafakkur inson faoliyatining barcha sohasi uchun zarur qobiliyatdirki,
bular matematikani o‘rganish jarayonida shakllanib, chuqurlashadi ‖.
Mazkur bitiruv ishida matematik fanlarni o‘qitish metodining o‘ziga
xos xususiyatlari, asosiy interaktiv metodlarni yoritib berishga harakat qilindi.
Hozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan
metodlar, matematik fanlarni o‘qitishdagi
ilg‘or mamlakatlarda to‘plangan tajribalar ham hisobga olingan.
Mazkur bitiruv ishida shu sohadagi eng ilg‘or qadamlardan bo‘lib,
uning tuzilishi va mazmuni to‘g‘risida bildirilgan fikr va mulohazalar kelajakda
uni yanada takomillashtirishga yordam beradi, deb o‘ylayman.
Dostları ilə paylaş: