Vaqti
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; read - o‘qimoq, sing – kuylamoq.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Alining bobosi Xotira maydonidagi temir kitoblarni varaq- lab turib, nima uchun xomush bo‘lib qoladi?
2. Alining bobosi oq laylaklarni nimaga o‘xshatadi?
3. Ali kundalik daftariga nima deb yozib qo‘ydi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Taniqli bolalar shoiri Habib Rahmat 1941 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning ilk asarlari „G‘uncha“, „Gulxan“, „Tong yulduzi“ kabi vaqtli matbuot nashrlarida bosilib chiqqan. Qudrat Hikmatning ijodiy maktabida mahoratini oshirgan Habib Rahmat maktabgacha yoshdagi kichkintoylarning sevimli shoirlaridan biriga aylandi.
Habib Rahmat ko‘p yillar davomida bosmaxonalarda xizmat qildi. Hayot maktabida chiniqqan, turmushning pastu baland sinovlaridan dadil o‘tganligi uchun ham uning she’rlari tashbihlarga, kutilmagan qiyoslarga boy. Habib Rahmatning „Sizni Vatan erkalar“, „Bizning zveno“, „Quloqsiz uloq“, „Ari va Ali“, „Qushlar bozori“, „Qiziq sovg‘alar“, „Botir askarcha“ deb nomlangan qator kitoblari bosilib chiqqan.
YAXSHI NIYAT
Habib Rahmat
Bir kun oʻgʻlim soʻrab qoldi:
Bobolarim boʻlganmi?
Bor boʻlsalar qani ular,
Elga xizmat qilganmi?
Nе dеyishga qoldim hayron,
Boʻlmasdi shu turishda:
Katta bobong shahid boʻlgan
Tengsiz jangda, urushda!
«Urush» soʻzin eshitdi-yu,
Oʻgʻlim birdan oʻzgardi.
Koʻzlarida gʻazab chaqnab
Bir nimalar soʻzlardi.
Urush muncha yomon ekan,
Oʻylab topgan kim buni?
Yalmogʻizdan battar ekan
Odam, olam dushmani.
Mеhr bilan tikildim shod
Shu murgʻak polaponga.
Hayajondan oʻgʻilchamni
Dast koʻtardim osmonga.
Sеning jajji yuragingda
Olam orzu ovozi.
Yaxshi niyat oʻlmaydi hеch
Yuksak boʻlur parvozi.
Oʻgʻlim xursand soʻzlar shodon:
Yaxshi niyat oʻlmaydi!
Yashasin-ay,
Yashasin-ay,
Endi urush boʻlmaydi!
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Shoir «yaxshi niyat» deganida nimani nazarda tutadi?
2. Jahon xalqlarining ezgu niyati nima deb o‘ylaysiz?
Dostları ilə paylaş: |