Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə2/47
tarix18.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#136866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
O\'qish 4.4

121-124-betlar

2

Bir xurmacha shavla. Aka-uka Grimmlar

1

125-126-betlar

3

Rustam. F.Erdinch

1

127-131-betlar

4

Eshikni yop. S.Marshak

1

132-133-betlar

5

Eshikni yop. S.Marshak

1

132-133-betlar

6

Jimjiloq. Ch.Aytmatov

1

134-136-betlar

7

Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar

1

O’tilgan mavzuni takrorlash

8

Sinfdan tashqari o‘qish

1

O’tilgan mavzuni takrorlash

9

9-nazorat ishi

1

Umumiy takrorlash

10

Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r. Sh.Sa’dulla

1

137-betlar

11

Do‘stlik. X.To‘xtaboyev

1

138-139-betlar

12

Mangu olov. R.Isoqov

1

140-betlar

13

Askar qaytgan kun. S.Barnoyev

1

140-141-betlar

14

Alining kundaligi. D.Rajab

1

142-143-betlar

15

Yaxshi niyat. H.Rahmat

1

144-betlar

16

Shoira. H.Nazir

1

145-147-betlar

17

Sinfdan tashqari o‘qish

1

O’tilgan mavzuni takrorlash

18

10-nazorat ishi

1

Umumiy takrorlash

19

Yoz. Sh.Sa’dulla

1

148-betlar

20

Oydin kecha. M.Xidir

1

149-151-betlar

21

Oydin kecha. M.Xidir

1

152-154-betlar

22

Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar

1

O’tilgan mavzuni takrorlash

23

Sinfdan tashqari o‘qish

1

O’tilgan mavzuni takrorlash

24

11-nazorat ishi. Test

1

Umumiy takrorlash

Sana:__________________________
Mavzu: Baliqchi va baliq haqida ertak. A.S.Pushkin
Maqsad: DTS talablari asosida bilim berish. Matn mazmunini to’liq qayta hikoyalashni o’rgatish. Oqigan asari yuzasidan mustaqil reja tuza olishni o’rgatish.
Ta’limiy: O`quvchilarda keltirilgan qahramon haqida tasavvur hosil qilish. FK1 ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez va bir daqiqada 30-35 ta so‘zni o‘qiy oladi; o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
Tarbiyaviy: Ajdodlarimiz qoldirgan komil insonga xos ijobiy sifatlarni yomon holatlardan ajrata bilishga, yaxshilikni o’ziga shior qilib olishga o’rgatish.. TK4 badiiy adabiyotda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini o’stirish, fikrini erkin bayon etishga o’rgatish. FK2 o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va ularga baho bera oladi;
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi: Ifodali o’qish, guruhda ishlash.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish
d) ingliz tili daqiqasi ; afraid – qo‘rqmoq, eyes – ko‘zlar
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Rus adabiyotining dahosi, hozirgi zamon rus adabiy tilining asoschisi A. S. Pushkin 1799 yil 6 iyun kuni Moskva shahrida dvoryan oilasida tugʻildi. Otasi Lvovich Sergey zamonasining ilgʻor kishilaridan edi. Oʻz uyida fransuz va rus yozuvchilarining kitoblaridan kutubxonasi bor edi. Uning ukasi, yaʼni A. S. Pushkinning amakisi V asiliy Lvovich Pushkin shoir boʻlib, karamzinchilar oqimida ijod qilardi. Bu safar Pskov gubernyasiga qarashli Mixaylovskoye qishlogʻiga yuborishadi. Shaharda yurib oʻrgangan Pushkin qishloqda judayam zerikadi. U koʻpincha boʻsh vaqtlarini Osipova xonimning xonadonida oʻtakazardi. 1825 yil dekabr qoʻzgʻoloni va uning magʻlubiyatidan juda ham afsuslanadi. 1826 yil 8 sentyabrda u podsho Nikolay I bilan uchrashadi. Bu yerda, yaʼni shoh qabulida u ochiqdan-ochiq podshoning savoliga “men dekabristlar tomonida boʻlardim” deydi.
1829 yil u Kavkaz boʻylab sayohatga chiqadi. Uning asl maqsadi surgun qilingan dekabrist oʻrtoqlari bilan uchrashish edi. 1830 yilda u Moskvaning eng goʻzallaridan boʻlmish N. Goncharovaga uylanadi. Lekin oradan 4 yil oʻtar-oʻtmas har xil gaplar, uning oriyatiga tegadigan igʻvolar koʻpayadi. Uning N. Goncharova bilan oralari bir muncha sovuqlashadi. Oxiri borib bu gaplar uni Gollandiya elchisi Gekkernning saqlab olgan oʻgʻli – Dantesni duelga chaqirishga majbur qiladi. Duel payti ogʻir yaralangan Pushkin 1837 yil 27 yanvar kuni 38 yoshida vafot etadi.
BALIQCHI VA BALIQ HAQIDA ERTAK
A. S. Pushkin

O‘tgan choqda dengiz bo‘yida,
Chol va kampir umr surgandi;
Yer to‘lada — eski uyida
O‘ttiz uch yil birga turgandi.
Chol to‘r solib ovlarkan baliq,
Kampir esa yigirar urchiq.
Chol dengizga to‘r solsa bir gal,
Baqa yaproq ilindi yolg‘iz.
To‘r solganda chol ikkinchi gal
Ilindi-ku dengiz o‘lani.
To‘r solganda chol uchinchi gal,
To‘rga tushdi bir kichik baliq,
Jo‘n baliqmas, naq oltin baliq,
Oltin baliq xuddi odamday,
Tilga kirib yolvorib qoldi:


A. Laptev chizgan rasm.



«Qo‘yib yubor dengizga, bobo,
Katta to‘lov to‘layman senga,
Ko‘ngling ne tilasa bergayman».
Hayron bo‘ldi, qo‘rqib ketdi chol:
O‘ttiz uch yil baliq ovladi,
Ammo baliq so‘zlaganini,
Eshitmagan edi umrida.
Chol baliqni qo‘yib yubordi,
Shunday dedi unga mehribon:
«Oltin baliq, tangri yor bo‘lsin,
Kerak emas menga to‘loving,
Mayli, tushgil moviy dengizga,
Erkin-erkin o‘ynab yuraver!»


Chol qaytdi-da kampir yoniga,
Aytdi shundoq qiziq mo‘jiza:
«Tutib oldim bugun bir baliq,
Jo‘n baliqmas — naq oltin baliq.
Baliq tilga kirib so‘zladi,
Ko‘p yalindi qo‘yib yubor, deb,
O‘z uyiga — moviy dengizga;
Katta to‘lov to‘layin, dedi,
Ne istasang berayin, dedi;
Men olgani botinolmadim,
Qo‘yvordim moviy dengizga».
Cholni qarg‘ay boshladi kampir:
«Ey tentak chol, go‘l, devona chol!
Ololmabsan baliqdan to‘lov!
Hech bo‘lmasa bitta tog‘ora —
So‘rab olmaysanmi undan sen,
Tog‘oramiz teshik-ku axir!»


Chol jo‘nadi moviy dengizga,
Mavj urmoqda dengiz qarasa,
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so‘radi undan:
«Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim bilan javob berar chol:
«Poshsho baliq, holimga achin,
Xo‘p urishdi kampirim meni:
Tinchlik bermas, qariding demas,
Kerak emish yangi tog‘ora,
Tog‘oramiz teshilgan axir».
Oltin baliq aytadi javob:
«Qayg‘urmagil, tangri yor bo‘lsin,
Borgil, berdim yangi tog‘ora».
Chol qaytsaki kampir yoniga,
Tog‘oralik bo‘libdi kampir.
Lekin urishdi kampir battarroq:
«Ey tentak chol, go‘l, devona chol!
Kir tog‘ora so‘rab oldingmi?
Kir tog‘ora mol bo‘larmidi?..

Keyin kampir uy so‘rabdi. Baliq yordamida begoyim va malika bo‘libdi. Ammo bularga ham ko‘ngli to‘lmab- di. Nihoyat, cholga yana buyuribdi.





Jo‘na, tentak, baliqqa borgil,
Dengiz shohi bo‘lish istayman,
Xizmatimda tursin baliq ham,
Baliq bo‘lsin menga chopovul!»
Botinolmas so‘z aytishga chol,
Bo‘la olmas kampir so‘zini;
Tag‘in bordi moviy dengizga,
Qora quyun ko‘rar dengizda:
To‘lqinlar o‘shqirar g‘azabkor,
Ham to‘lg‘anar, ham uvlar tinmay.
Chol chaqirar baliqni suvdan,
Baliq chiqib so‘radi undan:
«Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim qilib unga aytar chol:
«Poshsho baliq, holimga achin,
Jonga tegdi la’nati kampir...
Dengiz shohi bo‘lish istarmish,
Va dengizda yashash istarmish.
Sen ham borarmishsan xizmatga,
Bo‘larmishsan unga chopovul».
Bitta so‘z ham demadi baliq,
Suvga urib dumini faqat,
G‘oyib bo‘ldi dengiz tagiga.
Javob kutib turdi sho‘rlik chol,
Uzoq qolib dengiz bo‘yida.
Qaytdi kampir yoniga axir,
Ko‘rsa: tag‘in o‘sha yerto‘la.
Bo‘sag‘ada o‘tirar kampir,
Qarshisida teshik tog‘ora.


Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin