Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə4/47
tarix18.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#136866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
O\'qish 4.4

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; fast – tez, phone – telefon
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Ertakni o‘qib chol bilan kampirning nutqini solishtiring. Kampir cholni nima uchun jerkib gapiradi?
2. Oltin baliq kampirning keying talabini nima uchun bajarmaydi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar Magdeburg universitetida oʻqib yurgan chogʻlaridayoq oʻrta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq ogʻzaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shugʻullana boshladilar.
Oʻqish, oʻz ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yoʻli boʻldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari boʻldilar. Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Vilgelm oʻrta asr olmon adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodini oʻrgana boshladilar. Olmon xalq ogʻzaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir koʻprik yasadilar. Nihoyat, 1812 yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815-yilda 2-jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning koʻpchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, baʼzilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildlik kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan boʻlib, unda mualliflar koʻproq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qoʻrqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolgʻonchilikni qattiq qoralash birinchi oʻrinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, koʻpincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambagʻal, beva-bechoralarning oʻgʻil-qizlari, choʻpon yoki askar boʻladi. Ular oʻzlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
Aql bilan ish koʻrish, bilimdonlik “Tilla gʻoz”, “Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka” ertaklarida yaxshi berilgan.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin