I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; computer – kompyuter, stars – yulduz
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Kampir nima uchun qizchaga
2. Qizning onasi sehrli so‘zlarni batlarga olib keldi?
3. Hamma joyni shavla bosib kim shikoyat qilmabdi?
III. Yangi mavzu bayoni: Muallif haqida: Fahri Erdinch - turk yozuvchisi. O'qituvchining oilasida tug'ilgan. 1936 yilda Baliqxarda pedagogika bilim yurtini tugatgan. O'qituvchi sifatida ishlagan. Faxri Erdinchning dunyoqarashining rivojlanishiga Sabahattin Ali sezilarli ta'sir ko'rsatdi. 1946 yildan radioda ishlagan. U o'zining ilg'or siyosiy qarashlari uchun ta'qib qilingan va hibsga olingan. 1949 yilda u Bolgariya Xalq Respublikasiga hijrat qildi. U adabiy faoliyatini 1933 yilda boshlagan. U she'rlar, hikoyalar, pyesalar, insholar bilan ijro etib, unda qonunbuzarlik va qonunbuzarlikni keskin qoraladi. Bolgariyaga ko'chib o'tgandan so'ng eng yaxshi asarlar yaratildi: "Ko'chirish" ("Go'ch", 1952) pyesasi, "Chayonlar" ("Akrepler", 1952), "Isyonkor" ("Asi", 1955), "I" hikoyalar to'plamlari. ...
RUSTAM FaxriErdinch I Bozorga ketayotgan edim, ro‘paramdan yetti-sak- kiz yoshlardagi oyoqyalang, chuvrindi bola chiqib qol- di. Yelkasiga o‘zidan ham katta savat osib olgan. U:
«Meni yollang», — deb yalina boshladi. Ko‘p narsa xarid qilmoqchi emasdim, shuning uchun uni rad et- dim. To‘g‘risini aytsam, yoshgina bolaga yukimni ko‘tar- tirib yurishdan nomus qildim. Biroq u yalinaverdi:
Men ko‘p haq so‘ramayman, amaki, besh qurush bersangiz bas. Bugun meni hali hech kim yollamadi, pakana bo‘lganim uchun yollashmayapti. Lekin baquv- vatman!
Unga achinib ketdim. Cho‘ntagimdan besh qurush olib bolakayga uzatdim:
Olaqol!
U burnini tortib qo‘ydi-da, hayron bo‘lib menga qaradi.
Yukingizni olib borib qo‘yganimdan keyin berasiz.
Olaver, men senga shundoq beryapman.
Bolakay xuddi ozor chekkan qush kabi hurpayib menga tikilib qoldi.
Tilanchi emasman! — dedi u to‘satdan. — Yukingizni tashimasam, pulingizning nima keragi bor?
Nima deb javob qilishni ham bilmay qoldim.
Uyim ancha olisda, — dedim nihoyat. — Ko‘p narsa xarid ham qilmayman. O‘zim olib ketaveraman.
Mayli, olis bo‘laversin. Qancha xarid qilsangiz ham baribir. Nima sotib olsangiz, shuni ko‘tarib keta- veraman.
Endi ko‘nmaslikning iloji qolmagandi.
Mayli, — dedim unga, — qani, ketdik.
U bilan suhbatlashgim keldi. Bozorda ko‘p yurmadik. Xarid qilgan narsalarimni uning yarim ham bo‘lmagan savatiga solib, uyga qaytdik. U boshini tik tutib (yuki uncha og‘ir emasdi), o‘ng tomondan yurib, katta, ha- shamdor uylarni, baland daraxtlarni va uzoqdagi qor bilan qoplangan tog‘larni tomosha qilib borardi.
Isming nima? — deb so‘radim undan.
Rustam. Qiziljahoman yaqinidagi qishloqdan kel- ganman. Yoshim to‘qqizda. Onam o‘tgan yili qazo qil- ganlar. Qishloqda amakim qolgan, lekin u menga yordam bermaydi. Shu sababli ham Anqaraga keldim, — dedi u bidirlab.
Shoshma, shoshma, — deya gapini bo‘ldim, — buni sendan so‘rayotganim yo‘q.
Bilaman, — deb javob berdi u. — Lekin baribir, so‘ragan bo‘lardingiz. Yaxshisi, birdaniga javob berib, qutulganim ma’qul.
U bilan gaplashish qiyin ekan. Har bir so‘zida bo- lalarga xos bo‘lmagan tadbirkorlik sezilib turardi. Inda- may qolganimni ko‘rib so‘zida davom etdi:
Hamma surishtiraveradi, hammasiga gapirib be- raveraman-u, baribir hech kimdan biror naf ko‘rmay- man. Ha, mayli, bu yerda yana biroz chidasam bas! Besh-olti yil...
Keyin nima bo‘ladi?
U mening yuzimga diqqat bilan tikilib so‘radi:
Siz politsiyada ishlaysizmi?
Nimalar deyapsan! Qo‘rqma, qani menga ayt-chi, besh yildan keyin nima qilmoqchisan?
Turmaga o‘t qo‘yaman!
Nega?
Otamni qamab qo‘yishgan, uni ozod qilaman! Kulgidan o‘zimni zo‘rg‘a tiyib qoldim. Ancha joy gacha indamay bordik. Keyin so‘radim:
Otangni nega qamab qo‘yishdi?
Jandarmlar bilan olishgandi. Bittasini qishloqning naq o‘rtasida yerga qulatdi. Otam zo‘r mergan-da! Jan- darmning qoq peshanasiga tekkizibdi. O‘n sakkiz yilga hukm qilishdi. Hali ikki yil ham o‘tgani yo‘q.
Otang nega jandarmlar bilan olishdi?
Soliq to‘lamagani uchun-da. Otamning puli yo‘q edi. Ular kelib ko‘rpalarni, qozonni, yopqini olib ketmoqchi bo‘lishdi. Shunda otam qo‘liga miltig‘ini ol- gandi, jandarmlar tiraqaylab qochib qolishdi. Otam, mana senlarga ko‘rpa, deb bitta o‘q uzdi! Mana sen- larga qozon, deb yana otdi! Mana senlarga yopqi, deb uchinchi marta o‘q uzdi!
Jandarmlardan biri dodlab yubordi-yu, ko‘chaning qoq o‘rtasida yerga qulab tushdi...
II Uyga yaqinlashib qoldik. Yana nima deyishini kutib, Rustamga diqqat bilan tikildim.
Menga bunaqa qilib qaramang, amaki. Biz qash- shoq odamlarmiz, yuzlarimiz ham kir-chir.
Muyulishdan o‘tdik. To‘satdan bu bolani savati bilan qo‘shib bag‘rimga bosgim keldi. Lekin botinolmadim. Faqat iyagidan tutib ko‘zlariga tikilib qaradim.
Rustam, sening yuzing hecham iflos emas, o‘g‘- lim, — dedim unga. — Anqarada, butun Turkiyada senga o‘xshagan minglab shunaqa bolalar bor. Ham- malaring aqli raso, sofdil, halol kishilarsiz. Kel, seni bir o‘pay.
Rustam sal jilmayib qo‘ydi:
Qo‘ysangiz-chi, afandim! Bezgak kasalim bor.
Yana sizga yuqib qolmasin!
Bezgak yuqumli emas.
Yo‘q, yuqumli. Menga onamdan yuqqan. Juda yomon kasallik. Bezgagim tutsa bormi, xuddi laylak tumshug‘ini taqillatgandek, tishim-tishimga tegmay qola- di...
Rustam go‘yo buning hech qanday qayg‘uli tomoni yo‘qdek kulib qo‘ydi.
Rustam, otangni ko‘rgani boryapsanmi? — deb so‘radim undan.
Har hafta boryapman. Unga sigaret eltib bera- man. Qancha pul ishlasam, hammasiga sotib olyap- man. O‘tgan haftada ishlarim yurishib ketib, ikki quti sigaret sotib oldim.
Uyga kirganimizdan keyin xotinim dasturxon yozdi. Rustamning yelkasidan savatni tushirib, ichidagi narsa- larni oldik. Unga o‘n qurushli tanga uzatdim.
Uyingiz yaqin ekan, yukingiz ham oz, — dedi u besh qurush qaytimni uzatib. Yana: «Tilanchi emas- man», deyishidan cho‘chib qaytimini oldim. U ketishga hozirlandi.
Kel, birga tushlik qilaqolaylik, Rustam, — dedim yelkasidan quchib.
Mumkin emas, — deb javob berdi Rustam, — bugun bozor. Yana ikki-uch marta yuk tashishga ulguri- shim kerak. Oppoq dasturxon yopilgan stol yonida o‘ti- rishga odatlanmaganman. Sanchqi bilan ovqat yeyishni ham bilmayman.
Yaxshi bola ekansan, — dedim u bilan xayrla- shayotib. — Lekin o‘ylab qo‘ygan ishing menga yoq- mayapti.
Qanaqa ishim?
Axir sen turmaga o‘t qo‘ymoqchisan-a? Rustam yana jilmayib qo‘ydi.
Eh, amakijon-ey, shunga ishonib o‘tiribsizmi? Otamga dalda berish uchun buni o‘ylab topgandim. Unga shuni aytganimda, otam panjara ortida ham yig‘lab, ham kulib yubordi!..
Ko‘zim yoshlanib ketdi. Javondan ikki quti olib, unga uzatdim:
Bu senga emas, otangga. Uni ko‘rgani borga- ningda, mendan salom aytib qo‘y...
Amakijon, siz yaxshi odam ekansiz, — dedi u ko‘chaga chiqar ekan. U juda och qolsa, biznikiga ke- lishga va’da berdi.