Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə9/47
tarix18.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#136866
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
O\'qish 4.4

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; door – eshik, horse – ot
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Rustamning yaxshi bola ekanini uning qaysi gap-so‘zlaridan bilish mumkin?
2. U ortiqcha pulni olmay to‘g‘ri qildimi?
3. Rustamning turmaga o‘t qo‘ymoqchi ekanligiga ishonasizmi?
O’quvchilar bergan javoblari to’ldirilib, umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej - 1964.4.7, Moskva) — rus shoiri, 20-asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. M.ning "Jek qurgan uy", "Bolalar qafasda", "Ahmoq sichqoncha haqida ertak" sheʼriy kitoblari 1923 yilda nashr qilingan. M. 1933 yilda "Mister Tvister" hajviy pamfletini yaratdi. "Nomaʼlum qahramon haqida hikoya" romantik dostoni (1938)da yangi davr qahramonlarining jasorati ifod alangan. "Harbiy pochta" (1944), "Har xil rangli kitob" (1947), "Yil boʻyi" (1948), "A dan Ya gacha zavqli sayohat" (1953) sheʼriy kitoblarida bolalarning oʻziga xos tabiati, adabiyot haqidagi falsafiy fikrlari oʻz ifodasini topgan. Uning "Un ikki oy", "Aqlli asar", "Mushukvoyning uyi" ertak-pyesalari mashhur. M. "Hayot boʻsa-gʻasida" avtobiografik qissasi (1960) va "Tarbiyaviy soʻzlar bilan" maqolalar toʻplami (1961), "Tanlangan sheʼrlar" (1962) asari muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
ESHIKNI YOP
Samuil Marshak

Bayram oldi tun allamahal,
Uy egasi g‘imirlar yotmay.
Pishirardi somsa, bo‘g‘irsoq,
Undan o‘zi yeb ko‘rmay, totmay.
Tashqarida kech kuz hukmron,
Sovuq shamol izg‘iydi g‘ir-g‘ir.
Chol chorig‘in yamarkan shoshmay
Der: — Eshikni yopsang-chi, kampir.
Shundan boshqa ishim yo‘qmi, chol,
Tambalang-da, siz ham bir safar.
Yopilmasdan ordona qolsin,
Menga qolsa yuz yilga qadar.
Sen-u menga borishdi hatto,
Qani tushsa ularning shashti.
Chol shartini aytmagunicha
Kampir vaysab, rosa olishdi.







Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin