I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; summer - yoz, step – qadam, iz.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Shoir «yaxshi niyat» deganida nimani nazarda tutadi?
2. Jahon xalqlarining ezgu niyati nima deb o‘ylaysiz?
III. Yangi mavzu bayoni: Muallif haqida: Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsidoʻz oilasida tavallud topdi. Boshlangʻich maʼlumotni onasi Malika otin maktabida oldi. Mehnat faoliyatini 1 5 yoshidan poyafzal fabrikasida boshlab, ayni choqda kechki ishchi-yoshlar maktabida oʻqidi. 1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki boʻlimida, 1954–1956 yillarda esa Moskva Oliy adabiyot kursida tahsil oldi. Adib mehnat faoliyatini 1933 yili oʻquvchilar gazetasida (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim sifatida boshladi.
Shundan keyin uzluksiz respublika yoshlar gazetasida, ridioeshittirishlar qoʻmitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat qildi.
SHOIRA Hakim Nazir Shoiraning darsxonasida... chetlariga alvon hoshiya tortig‘liq sariq qog‘ozlar osib qo‘yilgan. Bular maqtov yorliqlari.
Nima bo‘ldi-yu, keyingi paytda Shoiraning bahosi sal pasaydi. Oyisi Habiba opa bundan tashvishga tushdi. Oldinlari ham u qizining o‘qishini ko‘p o‘ylar, maktab- dan tez-tez xabar olar, qizim darsiga qaray qolsin deb, uy yumushlariga ko‘pda alahsitmasdi. Shoira ikki fandan uch, to‘rt baho olib kelgan kuni Habiba opa unga dedi:
Endi, qizim, hamma ishdan butkul ozodsan. Maktabdan tashqari vaqtlar u yoq-bu yoqqa borishni ham qo‘y. Faqat darsingga qara.
Shoiraning dami ichiga tushdi. Qutbinikiga qandoq qilib borishni o‘yladi. «Ha, bo‘ldi, oyim yo‘g‘ida bora- man», — dedi ichida. Ertasiga o‘qishdan keyin, oyisi ishdaligida Qutbinikiga borib keldi. Indiniga ham shun- day qildi. Ammo tezda bu sir ochildi.
Habiba opa bir kuni nima ham bo‘lib fabrikadan erta qaytdi. Qarasa, eshik qulf. Yon qo‘shnilardan so‘rasa, bi- lishmadi. Balki Qutbinikiga ketdimikin? Qutbiniki qayerda?
Habiba opa aniq bilmasdi. Avval maktabga borib, Qutbilar turadigan yangi uy manzilini aniqlab oldi-da, qo‘shni binoga qarab ketdi. Qutbilarning uyini top- di. Eshikdan kirarkan, hang-u mang bo‘lib qoldi: egni- da fartuk tutgan Shoira terlab-pishib kir chayib turib- di. Qutbi kirlarni ayvondagi arg‘amchiga yoyyapti, bir to‘da bolalar esa katta xonada chug‘urchiqday g‘ujg‘on o‘ynayapti...Habiba opa birpas baqraygancha qarab qolgach: Voy, uyni yolg‘iz tashlab bu yoqda... nima qilyapsan? — dedi Shoiraga.
Shoira bir zum dong qotib turdi, keyin oyisiga yer tagidan qarab: Siz... ishdan qaytguncha... — dedi-yu, u yog‘ini aytolmadi.Shu chog‘ Habiba opaning ko‘zi ro‘paradagi xonada cho‘zilib yotgan kampirga tushdi, unga yaqinlashib sa- lomlashdi. Afti burishgan-qurishgan kampir arang qaddi- ni ko‘tarib o‘tirdi-da, inqillagan ovozda:Iloyo baraka topsin, qizingiz. Chaqqongina-lochin- gina ekan. O‘rtog‘iga mehribonlik qilib, og‘irimizni yen- gillatyapti. Umri uzoq bo‘lsin. Siz ham maqsadingizga yeting, bolalaringizning rohatini ko‘ring, — deb qaltira- gan qo‘llarini yuziga surtdi.
Habiba opa hech narsa tushunolmasayam hayronli- gini yashirdi, kampirdan hol-ahvol so‘radi. Kampir ko‘ngli bo‘shashib, hasratga tushdi: u yaqinda kelinidan ajralib, beshta go‘dak nevaralar bilan qolibdi, g‘amdan o‘zini ol- dirib qo‘yibdi. O‘g‘li esa ko‘proq safarda yurarkan. Habiba opa ahvolni tushungandan keyin kampirni yupatgan bo‘ldi:
Ko‘p g‘am yemang, buvijon. Birovning boshiga tashvish tushganda qarab turib bo‘ladimi?!
Kutilmaganda u qizining yelkasini silab, dedi:
Xafa bo‘lma, jon qizim. O‘rtog‘ingga qarashsang qarashgin-u, faqat darslardan orqada qolasanmi, deb qo‘rqaman-da!
Sira qo‘rqmang, oyijon! — dedi chehrasi ochilib Shoira va oyisini quchoqlab o‘pdi.