Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə39/47
tarix18.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#136866
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
O\'qish 4.4

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi; word – so‘z, now – hozir.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Bolalar yoz faslini nima uchun sevishini izohlang.
2. Yozda qanday mevalar pishadi? Kuzda-chi?
III.Yangi mavzu bayoni:
OYDIN KECHA
Murod Xidir
I
Haligina olamni charog‘on qilib turgan quyoshni tog‘ning orti «yutib» yuboradi. Osmon avval qoramtir kul tusiga kirib, so‘ng asta-sekin yorisha boshladi.
Ozod bilan Nosirning ko‘nglini vahima xuddi oqshom g‘ira-shirasi singari bilinar-bilinmas bosib kela boshladi.
Ular tarbiyachilarining qanchadan qancha uqtirishla- riga qaramay, tushdan so‘ng g‘oyib bo‘lishgandi. Ros- ti, tog‘ning so‘lim tabiati ularni bezovta qilib qo‘ydi. Ozod bilan Nosir hamqishloq emasmi, darhol til birikti- rib sayrga chiqib ketishdi. Soylikdan o‘tib, to‘g‘ri qirda- gi chakalakzorga yo‘l oldilar. Hilvirab pishgan yoki endi yetilib kelayotgan olma-yu o‘riklarning xushbo‘y hidi an- qiydi. Yana anglab bo‘lmas, hidining o‘xshovi yo‘q me- valar juda ko‘p. Ozod yo‘lda o‘zining sinchkov va top- qirligini namoyish qilardi:
Manavi ko‘ksultonni qara-ya, salkam olxo‘ridek keladi.
Sen oyog‘ing ostidagi yertutni ko‘rmapsan-a? — Nosir ham Ozod bilan «bellashadi». O‘zi tez payqab qolgan narsalarini bir-bir sanab, g‘ururlanadi: — Qa- ra-chi, tuproqdagi manavi iz xuddi chaqaloqnikiga o‘x- shaydi. Bilasanmi, bu kirpining izi...
O‘ngir o‘rmoni tugay boshladi. Endi qovjiragan maysa qoplangan qir boshlandi.
Dam olamizmi? — dedi Ozod. Nosir bo‘lsa e’ti- roz bildirdi:
Dam oldingmi, tamom, bo‘shashasan.
Har ikkovini cho‘qqi chorlayotganga o‘xshaydi. Eh- he, quyidan — oromgoh tarafdan bu cho‘qqi shuncha- lar serviqor ko‘rinadiki... U go‘yo bulutlarga nish urib turibdi. Do‘stlarning yurgan sari cho‘qqiga havaslari or- tadi, shu havas, istak ularning oyoqlariga mador indira- di.
Yo‘lda zerikmaslik uchun Nosir vaj izladi. U Ozodni gapga tutdi:
Ozod, echkemardan qo‘rqasanmi? Yo‘qsa, nega uni ko‘rganingda qichqirib yubording?
Shu mahal ularning yo‘lini ko‘ndalang kesib, qariyb ikki gazcha olachipor ilon o‘tib qoladi. Ozod sal orqa- ga tisarilib:
Nosir, to‘xtab tur! — dedi sekin. Ilon xas-xa- shakka aylanib qolgan maysalarni shitirlatib, zumda g‘oyib bo‘ldi.
Nosir o‘zining eti jimirlashib ketgan bo‘lsa ham Ozodga dalda bergisi keladi.
Ilon bekordan bekorga yomonlik qilavermaydi.
Ko‘pam qo‘rqib o‘tirma...
Ehtiyotlik yaxshi-da, — garchi Nosirning gapiga ich ichidan g‘ashi kelayotgan bo‘lsa ham, Ozod bepar- volik bilan shunday dedi.
Nihoyat, cho‘qqiga o‘n-o‘n besh odim chamasi qol- ganda do‘stlar yugurib qolishdi. Ular marraga yetgach, o‘zlarini qushdek yengil sezishdi. Quyida yotgan soy- lik, bog‘lar ancha yaqinga — oyoq ostiga kelib qolib- di. Do‘stlar birpasdan so‘ng tosh ustiga cho‘nqayib o‘ti- rishdi. Xuddi tuya o‘rkachiga minib olgan kabi toliqqan oyoqlari orom oldi.
Ular quyoshni shu yuksaklikdan kuzatib qoldilar. Qu- yosh avval cho‘g‘lanib, gardishi aniq ko‘rindi. Bora-bora tunning qora yopinchig‘i uni ham to‘sib qo‘ydi.
Endi qorong‘ida adashib ketamiz-ku!
Do‘stlarning har ikkalasida ham shu tahlika bor edi.
Kel, qo‘l ushlashib yuraylik! — iltimos qilib qol- di Nosir. Ozod chap qo‘li bilan Nosirning o‘ng qo‘lini mahkam tutib oldi. Bo‘sh qo‘llari bilan peshanalarini to‘sib, shox-shabbadan himoya qilganlaricha, birmuncha yo‘l yurishdi.
Tunda qushlarning qichqirig‘i, hasharotlarning chiril- lashi, yana allanimalarning ahyon-ahyon shitirlatishlari do‘stlarni dahshatga soldi.
Endi yurish befoyda, — dedi Nosir xo‘rsinib. — Yaxshisi, tunab qo‘ya qolamiz.
Kunduzi tanasi kovak tutni ko‘rgan edik. O‘shan- ga kirib, tunaymiz, — dedi Ozod buni ancha burun o‘ylab qo‘ygandek.
Bu gaping to‘g‘riku-ya, lekin to‘ng‘izlar odamning hidini bilarmikin?
To‘ng‘iz hid bilmaydi. Lekin andak shovurni ham qulog‘i eshitadi. Buni allaqaysi kitobdan o‘qib bil- ganman. Tushundingmi? — jerkib javob berdi Ozod. Do‘stlar beixtiyor yoriq, kovak tut daraxtini qidirishga tushdilar. Nihoyat, bir tut tanasini qo‘llari bilan pay- paslab, timirskilab ko‘rishdi.
Iya, kovak ekan! — bo‘g‘ilib qichqirdi Nosir. Ular tutning «darcha» tarafiga o‘tib, kovakka kira boshlashdi.
Suhbat bo‘linib qoldi. Ilon bo‘lsa kerak, «darcha» yonidan vishillab o‘tib ketdi. Ozod bunday daqiqada Nosirning nafas olayotganini ham sezmasdi. Birpasdan
keyin do‘stlar «kulba»sining orqa tarafidan bir nimaning juda qattiq, sovuq chinqirgani eshitildi. Nosirning yuragi shunchalar dukullab tepa boshladiki, buni hatto Ozod eshitib turardi.
U chinqiroq ilon bo‘lsa kerak, — deb qo‘ydi Ozod.
Bo‘lsa bordir, ism-sharifini aytishing shartmi? — po‘ng‘illadi Nosir tirsagi bilan Ozodni nuqib.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin