Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə11/47
tarix18.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#136866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
O\'qish 4.4

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; hot – issiq, cold – sovuq
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Chol bilan kampir nima to‘g‘risida tortishib qolishdi?
2. Eshikni yopish to‘g‘risida kim taklif kiritdi?
3. Kampir uchun eshikni yopishga majbur bo‘ladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej - 1964.4.7, Moskva) — rus shoiri, 20-asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. M.ning "Jek qurgan uy", "Bolalar qafasda", "Ahmoq sichqoncha haqida ertak" sheʼriy kitoblari 1923 yilda nashr qilingan. M. 1933 yilda "Mister Tvister" hajviy pamfletini yaratdi. "Nomaʼlum qahramon haqida hikoya" romantik dostoni (1938)da yangi davr qahramonlarining jasorati ifod alangan. "Harbiy pochta" (1944), "Har xil rangli kitob" (1947), "Yil boʻyi" (1948), "A dan Ya gacha zavqli sayohat" (1953) sheʼriy kitoblarida bolalarning oʻziga xos tabiati, adabiyot haqidagi falsafiy fikrlari oʻz ifodasini topgan. Uning "Un ikki oy", "Aqlli asar", "Mushukvoyning uyi" ertak-pyesalari mashhur. M. "Hayot boʻsa-gʻasida" avtobiografik qissasi (1960) va "Tarbiyaviy soʻzlar bilan" maqolalar toʻplami (1961), "Tanlangan sheʼrlar" (1962) asari muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


ESHIKNI YOP
Samuil Marshak

Jim bo‘l, kampir, so‘zimni eshit,
Kim birinchi gapirsa agar,
O‘sha odam g‘iring demasdan,
Darhol turib eshikni yopar.
Churq etishmas chol bilan kampir,
Qani vaqtga bo‘Isa yetishib,
O‘chib bo‘ldi o‘choqda o‘t ham,
Soat esa chopar betinim.
Shu zaylda xufton ham bo‘ldi,
Eshik ochiq turibdi hamon.
Simsiyoh tun, ikki begona
Uyga kirib keldi shu zamon.
— Kim bor uyda? — so‘rar mehmonlar.
Xuddi birov atay kutganday.
Sukut saqlar chol bilan kampir,
Bamisoli tolqon yutganday.
Bir chekkadan somsani yedi,
Parvo qilmay ikkovlon «daydi».
Yaxna tovuq go‘shtin tushirdi
Uy bekasi g‘iring demaydi.
Chekib kо‘rib boboy nosidan:
— Juda zo‘r, — deb maqtashdi, qarang.
Qolgani yo‘q xumda musallas,
Chol va kampir hamon gung, garang.
Neki bo‘Isa o‘marib ular
Ostonaga qo‘yishdi qadam
Va hovlidan chiqmay turib der:
Somsasi xom ekan muncha ham.
Joni chiqib so‘zlar kampirsho:
Yoq-yo‘q, somsa xom emas zinhor.
Chol burchakdan so‘zlar mardona:
Tur, eshikni yopsang-chi, kampir...



Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin