17. Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miq-
dori yoki tartibini bildirishiga ko'ra qaysi guruhlarga bo‘linadi?
A. Dona sonlar, chama sonlar.
B. Tartib sonlar, taqsim sonlar.
C. Miqdor sonlar, tartib sonlar.
D. Kasr sonlar, jamlovchi sonlar.
18. Chama sonlar qatorini toping.
A. Ikkidan bir, o‘ntacha, minglab.
B. O‘ninchi, yuzlab, yigirma.
C. O‘ntacha, minglab, minglarcha.
D. Uch, beshta, sakkizta.
19. Holat ravishlari qatorini toping.
A. Ko‘p, oz, to‘la.
B. Qo‘qqisdan, qatorasiga, piyoda.
C. Tez, uncha, sal.
D. Ancha, mo‘l, sekin.
20. Yasama ravishlar qatorini toping.
A. Hozir, yayov, piyoda.
B. Noiloj, mardlarcha, yillab, erkakchasiga.
C. Astoydil, ertalab, aslo.
D. Olg'a, atay, jo‘rttaga.
21. Qo‘shma sifatlar qatorini toping.
A. Shirin, achchiq, qizil.
B. Erksevar, hayotbaxsh.
C. Baqaloq, erinchoq, maqtanchoq.
D. Sermeva, baquvvat, beminnat.
22. Sifatlarning ozaytirma daraja shakllari qatorini toping.
A. Mazali, go‘zal, katta.
B. Biroz kichik, hiyla katta, picha ho‘l, ko‘kimtir.
C. Tor, juda qiziqarli, tengsiz.
D. Serunum, qizg‘in, g‘oyat keng.
23. Xususiyat bildiruvchi sifatlar qatorini toping.
A. Kamtar, hozirjavob, dono.
B. Chiroyli, baland, benuqson.
C. Yozgi, keng, quvnoq.
D. Qadimiy, yozma, qishki.
199
ASOSIY AÒAMALAR LUG‘AÒI
So‘z tarkibi — so‘zning ma’noli qismlari yig‘indisi
Òub so‘z — tarkibi asos va yasovchi qo‘shimñhalarga
bo‘linmaydigan so‘z
Yasama so‘z (sodda) — asosga so‘z yasovñhi qo‘shimñha
qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan yangi so‘z
Dostları ilə paylaş: |