Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Ona tili 6 sinf

17-mashq.
 
Quyida berilgan so‘zlarning imlosiga diqqat qiling va
ular ishtirokida gaplar tuzing.
Uzum, darvozabon, jahongashta, jigarband, donishmand,
xushomadgo‘y, serdaromad, shod-xurram, hukumat, madani-
yat, qahqaha, hasharot, muddao, olimpiada.
18-mashq.
 
So‘zlarni alifbo tartibida daftaringizga yozing.
Sabzavot, poytaxt, zangori, jonajon, bosmaxona, manzil,
do‘stlarcha, xavf-xatar, ilhom, g‘uborsiz, inoq, albatta.
19-mashq. 
Uyga vazifa. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gaplar tu-
zing, ularning talaffuzi va yozilishidagi farqlarni toping.
San’at, hujum, ma’rifat, shogird, mehmondo‘st, bota-
nika.
Namuna: O‘zbek san’atining dovrug‘i butun dunyoga yoyilmoqda.
1. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?
2. Ochiq va yopiq bo‘g‘in haqida so‘zlab bering.
3. Urg‘u va uning turlari haqida gapiring.
20-mashq. 
Matnni o‘qing. Undagi go‘ya haqida bahslashing. So‘zlarni
bo‘g‘inlarga ajrating va ularni quyida berilgan jadvalga joylashtiring.
Vatan tuyg‘usi — bu ozod xalqning munosib farzandi,
mustaqil mamlakatning fidoyi fuqarosi bo‘lmoqqa intilish
tuyg‘usidir. («Vatan tuyg‘usi»)
BO‘G‘IN VA URG‘U


9
21-mashq.
Gaplarni o‘qing, ularda ilgari surilgan g‘oya haqida
so‘zlab bering. Ochiq va yopiq bo‘g‘inlarni aniqlab, ularga izoh bering.
1. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni
voyaga yetkazish mumkin emas. (R. Tagor) 2. Insonning bitta-
gina zolimi bor, u ham bo‘lsa, jaholat. (V. Gyugo). 3. Or-nomus
uchun kurash bolalikdan boshlanadi. (Tog‘ay Murod) 4. Inson
qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, el-yurtga shunchalik ko‘p foydasi
tegadi. (A. S. Griboyedov) 5. Ilmdan bir shu’la dilga tushgan
on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. (Abulqosim Firdavsiy)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin