Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170
Ona tili 6 sinf

28-mashq.
 
 Iboralar izohidagi xatoliklarni to‘g‘rilab, daftaringizga
ko‘chiring. Ular ishtirokida og‘zaki gaplar tuzing.
Kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq (qo‘rqmoq), kapalagi uchib
ketmoq (boplamoq), og‘zi qulog‘ida (maqtamoq), ko‘klarga
ko‘tarmoq (xursand), qovog‘idan qor yog‘moq (oson), xamirdan
qil sug‘urganday (xafa).
29-mashq.
Uyga vazifa. Rasm asosida «Maktabimiz bog‘ida» mav-
zusida matn tuzing, unda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalaning.


11
 MATN VA MAVZU
1-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing. Undagi gaplarning bir-biri
bilan bog‘lanishiga e’tibor bering, gaplar orasidagi mazmuniy aloqa-
dorlikni izohlashga harakat qiling. «Ustoz otangdan ulug‘» deganlari
bejiz emas. Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o‘rgatadi.
Tug‘ilishdan ko‘ra yashash qiyinroq. (O‘. Hoshimov)
2-topshiriq. Berilgan matndagi gaplarning bir-biri bilan bog‘lanishiga
diqqat qiling. Gaplarning bog‘lanishiga xizmat qilayotgan grammatik va
leksik vositalarni aniqlab, ular haqidagi o‘z fikrlaringizni bayon qiling.
Boychechak birinchi bo‘lib ochilgani bois ko‘pincha sovuq shamollarga
qurbon bo‘ladi. Ammo u bahorni boshlab kelgani uchun odamlar bu
gulni ko‘ziga surtib, e’zozlaydilar. (O‘. Hoshimov)
BILIB OLING.
Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash
uchun gaplarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bog‘lab,
matn tuzamiz. Mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan, bir
mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.
ESDA SAQLANG.
 
Mavzu matndagi asosiy fikrning nima
haqida ekanligidir. Shundan kelib chiqqan holda matnning
sarlavhasi ham bo‘lishi mumkin.
30-mashq.
Matndagi gaplarning o‘zaro mazmuniy va grammatik
bog‘lanishiga e’tibor bering. Unda aks ettirilgan voqeaning mazmunini
qayta hikoya qiling.
Rustamjon orziqib kutgan kun keldi. O‘sha kuni u sinfdan
chiqdi-yu, to‘g‘ri maktab gulzoriga o‘tdi. Maktab bog‘boni Rasul
buvani izlab topdi-da, unga sekin pul uzatdi.
– Buva, shunga ozroq gul bering, kerak bo‘lib qoldi.
Bog‘bon ajablanib Rustamdan so‘radi:
– Nega kerak bo‘lib qoldi?
– Bugun oyimlarning tug‘ilgan kunlari, shunga...
– Juda yaxshi o‘ylabsan. Pulingni cho‘ntagingga solib qo‘y,
hozir chiroyli guldasta yasab beraman.
Rustamjon bir dasta xushbo‘y va chiroyli gullarni quchoq-
lab, uyga chopdi. (N.Najmiddinov)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin