13
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Bu matnni tuzishdan ko‘zlangan
maqsadni aniqlashga harakat qiling.
Biz borgan joy, haqiqatan ham,
go‘zal edi. Bir tomoni – tog‘, bir tomoni – ko‘m-ko‘k dala. Olisda
kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa xuddi mohir to‘quvchi
qo‘lida to‘qilgan qizil gilamga o‘xshardi. (O’. Umarbekov)
BILIB OLING.
Matn turli maqsadlar bilan tuziladi.
Masalan: muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida
xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif-tavsifini berish,
ya’ni tasvirlash, ularni muhokama qilish, ya’ni mulohaza
yuritish. Ana shunga ko‘ra, matnlarning quyidagi turlari
farqlanadi: 1. Hikoya matni. 2. Tasviriy matn.
3. Muhokama matni.
ESDA SAQLANG.
Hikoya matnida muayyan predmet
yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladi, hikoya qilinadi.
34-mashq.
Berilgan matnni o‘qing, uning maqsadini aniqlashga
harakat qiling. Ona yurt iftixori haqida fikrlaringizni bayon eting.
IFTIXOR
Nihoyat, Londondan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Havo
kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi:
«Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni «O‘zbekiston
havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod
etamiz!» Rostini aytsam, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Bu
so‘zlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdan
minglab
chaqirim narida, tag‘in yuzlab xorijiy yo‘lovchilar
o‘tirgan kemada!..
Aqalli mana shu holatning o‘zi uchun Istiqlolga ming bora
ta’zim qilishga tayyorman! (
O‘. Hoshimov)
35-mashq.
Matnni ko‘chiring. Matn mavzusiga mos keladigan sarlavha
qo‘ying. G‘afur G‘ulom haqida bilganlaringizni gaping.
G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borish-
ga intilardi. Shuning uchun
ham u tariximizni mukammal
bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda, zo‘r raqqosa-
lar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha
olib,
xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor
chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur
14
aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya aytishardi. Latifa
aytishda unga hech kim teng kelolmasdi. Xalq dostonlarini
baxshidek ohangi, ifodasi bilan boshdan-oyoq ayta olardi.
(
Said Ahmad)
36-mashq.
Ertak matnining boshlanishini o‘qing. Uning davomini
so‘zlab bering. Yaxshilik va yomonlik haqida bahslashing.
ZUMRAD VA QIMMAT
(ertak)
Bir
bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning
Zumrad ismli qizi bor ekan. Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi.
Qizining ismi Qimmat ekan. O‘gay ona Zumradni yoqtirmas
ekan. Eng og‘ir ishlarni unga buyurar, qarg‘ab, urarkan.
O‘zining qizini juda yaxshi ko‘rarkan, doim uni maqtagani
maqtagan ekan. Zumrad aqlli, chiroyli va muloyim qiz ekan.
Qimmat esa unga hech ham o‘xshamas ekan. U tantiq, qo‘po1
va dangasa ekan. Kun bo‘yi
ovqat yer, bo‘lar-bo‘lmasga
urisharkan...
37-mashq.
Matnni o‘qing. Matnning maqsadini belgilang. Tabiatni
asrash haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
Orolchada ishlar qizib ketdi: har kim har xil gullar,
o‘simliklar keltirib ekdi. Qushlarga inlar qurildi. «Kuzatuv
daftari»ga orolchada yuzdan ziyod giyoh, o‘simlik va jonivor-
lar borligi qayd etildi. Qushlar bu hisobga kirmasdi.
(
A. Ko‘chimov)
1. Matn tuzishda qanday maqsadlar ko‘zda tutiladi?
2. Matnning qanday turlari mavjud?
3. Qanday matn hikoya matni deyiladi?
Dostları ilə paylaş: