17
1. Qanday matn tasviriy matn sanaladi?
2. Tasviriy matn ko‘proq qayerda qo‘llanadi?
3. Tasviriy matn boshqa matn turidan nimasi bilan farq
qiladi?
44-mashq.
Uyga vazifa. O‘zingiz o‘qiyotgan badiiy asardan tasviriy
matnga
misol topib, daftaringizga ko‘chirib yozing.
1-topshiriq. Berilgan matndagi fikrlarning bir-biri bilan
bog‘lanishiga e’tibor bering. Undagi asosiy mulohaza haqidagi fikringizni
bayon qiling.
Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-
yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Chunki odamni abgor qiladigan narsa –
bekorchilik. (O‘. Hoshimov)
2-topshiriq.
Berilgan matnda
ifodalangan fikr-mulohazaga
munosabatingizni bildiring. O‘z ismingiz ma’nosini izohlashga harakat
qiling.
Hech bir ism shunchaki tanlanib, bolaga qo‘yilmaydi. Har
qanday ismning berilishi zamirida ota-onaning biror maqsadi, orzu-
umidlari, farzandining sog‘ligi, kelajagi, istiqbolini ko‘zlagan ezgu niyatlari
yotadi. Mana shu niyatlar bolaga ism tanlash va berish uchun asos
bo‘ladi. (E.Begmatov)
Dostları ilə paylaş: